Andijon 2013 ma’ruza №1 patofiziologiya faniga kirish, uning maqsadi va vazifalari. Etiologiya va patogenez, sanogenez reja


Eritrotsitlarning miqdoriy o’zgarishlariga



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə131/207
tarix12.10.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#154299
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   207
pat fiz lek Sharif Xoshimovich

Eritrotsitlarning miqdoriy o’zgarishlariga:

  1. Ertirotsitlar hosil bo’lishi va parchalanishi o’rtasidagi nomutanosiblik,

  2. Qon tomirlar devorini buzilishi natijasida eritrotsitlar sonini kamayishi,

  3. Qon tomirlar to’rida eritrotsitlarni qayta taqsimlanishi buzilishishlari olib keladi.

Eritrotsitlar sifatiy o’zgarishlariga:

  1. Qizil ko’mikda eritrotsitlar yetilishini buzilishi yoki qizil ko’mikning o’tkazuvchanligini ortishi hisobiga yetilmagan eritrotsitlarni qonda ko’plab to’planishi,

  2. Qizil ko’mikda eritrotsitlar hosil bo’lishini eritroblastik tipdan magaloblastik tipga o’tishi va qonda patologik regenerativ eritrotsitlar ko’payishi,

  3. Irsiy va ortirilgan moddalar almashinuvini buzilishi natijasida, eritrotsitning tarkibi va strukturadagi o’zgarishlar, shundan qonda degenerativ shakldagi eritrotsitlar paydo bo’lishi (fiziologik regeneratsiya hujayralari).

Regenerativ shakldagi eritrotsitlarga retikulotsitlar, normada 0,5-2%ni tashkil qiladi, polixromatofil eritrotsitlar, atsidofil va polixromatofil normablastlar kiradi.
Patologik regenerativ shakldagi eritrotsitlarga: megalotsitlar, atsidofil, polixromatafil, bazofil megaloblastlar kiradi. Ushbu eritrotsitlarni periferik qonda bo’lishi, eritropoezni megaloblastik tipga o’tganligidan dalolat beradi.
Degenerativ shakldagi eritrotsitlar, sifat jihatdan o’zgargan, buzuq eritrotsitlar tushiniladi.

  1. Eritrotsitlar o’lchamlarini o’zgarishi (anizatsitoz)

  2. Eritrotsitlarni shaklini o’zgarishi (poykilotsitoz)

  3. Eritrotsitdagi gemoglobin miqdoriga bog’liq holda, bo’yalishiga qarab giper, gipo, normoxrom eritrotsitlar, anulotsitlar faqat eritrotsitni periferik qismigina bo’yaladi.

  4. Eritrotsitlarda patologik kiritmalarni bo’lishi Jolli tanasi, Kebot uzugi yoki bazofil donadorlik.

Eritropoez
Eritrotsitlarni hosil bo’lishida avval gemotsitoblastlar, ulardan eritroblastlar, eritroblastlardan eritrotsitlar hosil bo’ladi.
Qizil qon tanachasi kuniga 200-250 mlr. yoki soatiga 10 mlr. hosil bo’ladi, yahni barcha eritrotsitlarni 0,8% ni tashkil qiladi.
Eritroblastlar o’zida gemoglobin ushlamaydi, razmeri juda katta bo’lib, 20-25 mkm gacha bo’ladi. Ularda katta yadro va nozik bazofil tsitoplazma bo’ladi, yadrosi esa xromatin ipchalari bilan o’ralgan bo’lib, yadroda bitta yoki bir nechta nukleollar saqlanadi. Eritroblast tsitoplazmasida esa donadorlik bo’lmaydi, shu bilan birga gemoglobin xam uchramaydi.
Eritroblastlarda DNK, RNK va lipidlar sintez qilinadi. Bular esa faqat retikulotsitlarda saqlanib qoladi. Yetilgan eritrotsitlarda esa bularni birortasi ham bo’lmaydi.
Eritroblast kariokinez yo’li bilan ko’payadi. Muhitga qarab: eritroblastni rivojlanishi normoblastik yoki megaloblastik eritropoez kuzatiladi.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin