Andijon 2013 ma’ruza №1 patofiziologiya faniga kirish, uning maqsadi va vazifalari. Etiologiya va patogenez, sanogenez reja


REJA: 1. Qon tizimi haqida tushuncha



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə128/207
tarix12.10.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#154299
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   207
pat fiz lek Sharif Xoshimovich

REJA:
1. Qon tizimi haqida tushuncha
2. Qon tizimi buzilishining patofiziologiyasi
3. Qon yo’qotish va uning patofiziologiyasi
4. Eritrotsitlarni miqdoriy va sifatiy o’zgarishlari
5. Eritropoez: normoblastik va megaloblastik
6. Anemiyalarni sinflanishi
7. Fe+2 yetishmovchiligi anemiyasi
8. Postgemorrogik va gemalitik anemiyalar

Qon tizimi degan terminni fanga Lang kiritgan. U 4 qismdan, yahni periferik qon, qon hosil qiluvchi, qonni parchalovchi hamda ushbu tizimlarni boshqaruvchi neyro-gumoral apparatdan iboratdir.


Eritrotsitlar qizil qon tanachalari bo’lib, erkaklarda normada 1 mkl qonda 4,5-5,5 mln, ayollarda esa 3,9-4,5 mln. aniqlanadi. Eritron organizmdagi turli shakldagi eritrotsitlarning absalyut sonidir. Bu son 25 trl. tashkil qiladi, ushbu sonni mushohada qilish uchun quyidagi misollar kifoya, agar eritrotsitlar zanjir qilib terilsa 187.000 km, eritrotsitlar bir-biriga taxlansa, 62.000 km li ustun hosil qiladi. Eritrotsitlarni minutiga 100 tadan sanaganimizda, 47.500 yil zarur bo’lar edi, tanamizning umumiy yuzasidan 1.500 marotaba katta.
Qon tizimi buzilishining ko’rinishlari:

  1. Umumiy qon hajmini o’zgarishi

  2. Qon shaklli elementlarini qon hosil bo’lishi va parchalanishi buzilishi tufayli ularning sonini o’zgarishi

  3. Gemostazni o’zgarishi

  4. Qonning bioximik ko’rsatkichlarining o’zgarishi

  5. Qonning fizik-ximik xususiyatlarining o’zgarishi.

Qon tizimining patologiyasi mustaqil nozologik birlik sifatida m: Addison-Birmer anemiyasi, limfoblast leykozi, gemofiliya va boshqalar ko’rinishida bo’ladi. Bundan tashqari, organ va tizimlarni asosiy kasalliklariga, qo’shilib keluvchi gematologik sindrom tarzida ham namoyon bo’ladi. M: yurakning ayrim tug’ma nuqsonlaridagi eritrotsitoz, pnevmoniyadagi neytrofil leykotsitoz.
SHuningdek, qon tizimida o’sma (gemablastozlar), autoimmun patologiyalar, irsiy buzilishlar, qon hosil bo’lishini depressiyasi kabi patologik holatlar ham uchraydi, bularning asosida zararlovchi ichki va tashqi omillarga gemopoetik to’qimani yuqori mitotik aktivlik bilan javob berishidir.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin