Andijon 2013 ma’ruza №1 patofiziologiya faniga kirish, uning maqsadi va vazifalari. Etiologiya va patogenez, sanogenez reja



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə136/207
tarix12.10.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#154299
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   207
pat fiz lek Sharif Xoshimovich

Qon manzarasi: Temir yetishmovchiligi anemiyasi eritroblastik tip, gipoxromiya 0,6 dan kam, gemoglobin miqdori eritrotsitlarga nisbatan oz bo’ladi, anizotsitoz, poykilotsitoz kuzatiladi. Bioximik tekshirishlarda qon zardobida temir ozayib ketganligi mahlum bo’ladi. Qon surtmasida eritrotsitlarni regenerativ formalari kamayib, aksincha degenerativ formalari paydo bo’ladi.
Temir yetishmovchiligi anemiyasida quyidagi sindromlar yuzaga chiqadi.

    1. Gematologik sindrom periferik qon va qizil ko’mikda o’zgarishlar kuzatiladi.

    2. Gipoksiya. Ushbu sindrom bemorlarda umumiy xolsizlik, bosh aylanishi, yurakni tez urishi, hansirash, hushidan ketish kabi simptomlar bilan namoyon bo’ladi. Temir yetishmovchiligidagi gipoksiya 2 ta mexanizm asosida ro’yobga chiqadi: qonga bog’liq (qonning kislorod sig’imi pasayadi) va to’qimaga bog’liq (hujayra nafasi buziladi).

    3. Trofik buzilishlar sindromi quyidagi belgilar bilan namoyon bo’ladi: terini qurishi va yorilishi, og’iz burchaklarida bichimi, angulyar stomatit, tirnoqlarni zararlanishi, atrofik glossit va gastrit va boshqalar. Yuqoridagi buzilishlar birinchidan, gipoksiya va hujayralarni ozod radikallar bilan zararlanishi sabab bo’lsa, ikkinchidan temir ushlovchi fermentlarni metobolizmda ishtirokini buzilishidan kelib chiqadi.

    4. Sideropenik sindrom. Ushbu sindrom insonlarda tahm va xid biluvchi buzilishi (izvrao’enie) bilan namoyon bo’ladi. Bemorlar mel, tish kukuni, ko’mir, tuproq, qum, muz, xom krupa, xamir, xom go’sht yeyishini hohlab qoladi. SHunday bemorlar ham uchrab turadiki, ular benzin, kerosin, atseton, avtomobil gazlarini ko’ngli kusab qoladi. Ushbu buzilishlarning patogenezi hali ochilmagan.

    5. Muskullar bo’shashini sindromi. Ushbu sindrom skelet muskullarni tez charchashi va bo’shashi bilan namoyon bo’ladi, shuningdek, miokardiopatiya, yutishni buzilishi, siydik tutilishini ham kuzatish mumkin. Ushbu simptomlarni yuzaga chiqishini asosida, gipoksiya va muskul to’qimalarida mioglobinni ozayib ketishi yotadi.


Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin