Andijon 2013 ma’ruza №1 patofiziologiya faniga kirish, uning maqsadi va vazifalari. Etiologiya va patogenez, sanogenez reja


Qondagi leykotsitlarni miqdoriy va sifatiy o’zgarishlari



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə144/207
tarix12.10.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#154299
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   207
pat fiz lek Sharif Xoshimovich

Qondagi leykotsitlarni miqdoriy va sifatiy o’zgarishlari
Leykotsitlarni miqdoriy o’zgarishlari leykotsitoz yoki leykopeniya tarzida namoyon bo’ladi.
Ularning sifatiy o’zgarishlarida qonda yetilmagan leykotsitlar va leykotsitlarni degenerativ formalari paydo bo’ladi.
Leykotsitoz, qon hajm birligiga leykotsitlar sonini ortib ketishiga aytiladi (10.109/l), leykotsitoz mustaqil ahamiyatga ega bo’lmay, u yoki bu kasallikni simptomi bo’lib hisoblanadi.
Leykotsitozni sinflanishi
I. Rivojlanish sababiga ko’ra: fiziologik va patologik
II. Leykotsitoz absolyut va nisbiy bo’lishi mumkin
III. Rivojlanish mexanizmiga ko’ra: a) reaktiv
b) qayta taqsimlanishni buzilishidan
v) o’sma harakterdagi
IV. Leykotsitlarni turiga qarab: a) neytrofil
b) eozinofil
v) bazofil
g) limfotsitar
d) monotsitar
Fiziologik leykotsitoz tashqi va ichki muhit omillariga organizmni fiziologik reaktsiyasi bo’lib hisoblanadi va quyidagi turlari tafovutlanadi.
a) emotsiogen
b) miogen
v) statik
g) alimentar
d) xomiladorlikdagi leykotsitoz
e) chaqaloqlardagi leykotsitoz
Absolyut leykotsitoz qon va qon hosil qiluvchi to’qimalarda reaktiv va o’smalarga bog’liq holda leykotsitlarni ko’payishidan yoki qizil ko’mikdan ko’p miqdorda leykotsitlarni chiqishi hisobiga ro’y beradi, natijada ularning qondagi absolyut miqdori ortadi.
Nisbiy leykotsitoz leykotsitlarni qon tomirlarda qayta taqsimlanishini buzilishi hisobiga yuzaga chiqadi. M: leykotsitlarni yallig’lanish o’chog’ida to’planishi yoki ayrim leykotsitlarni patologik omillarga javoban ortishi: neytrofilez, eozinofiliya, bazofiliya, limfotsitoz, monotsitoz.
Etiologiya: Neytrofilez etiologiyasi turli-tuman, neytrofilez infektsion omillarga (streptokokk, stafilokok, zamburug’) javoban ro’y beradi, to’qima parchalanishi mahsulotlari (o’tkir infarkt, o’tkir gemoliz, yomon sifatli o’smalar) toksik metobolitlar tahsirida (uremiya, jigar komasi) fizik (sovuk va issiq) ruxiy (qo’rquv, jahl chiqqanda) va surunkali mieloleykozda kuzatiladi.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin