Andijon 2013 ma’ruza №1 patofiziologiya faniga kirish, uning maqsadi va vazifalari. Etiologiya va patogenez, sanogenez reja



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə146/207
tarix12.10.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#154299
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   207
pat fiz lek Sharif Xoshimovich

Leykopeniyani sinflanishi
I. Kelib chiqishiga ko’ra: ortirilgan va irsiy. Irsiy neytropeniyaga, Kostman neytropeniyasi, tsiklik neytropeniya, “dangasa leykotsitlar” sindromi misol bo’ladi
II. Leykotsitlar turiga ko’ra: a) neytropeniya
b) limfopeniya
v) eozinopeniya
III. Patogenezga ko’ra: a) leykotsitlarni qizil ko’mikdan qonga, kam
tushishidan
kelib chiqadigan leykopeniya
b) leykotsitlarni periferik qonda oz turishidan kelib chiqadigan leykopeniya
v) leykotsitlarni qayta taqsimlanishini buzilishidan kelib chiqadigan leykopeniya
IV. Leykopeniya, ko’plab kliniko-gematologik sindromlarni asosiy simptomi bo’lib hisoblanadi, shulardan agranulotsitoz, gipoplastik anemiya, gemorragik aleykiyalardir.
Etiologiya: Neytropeniyani kelib chiqishida infektsion omillar (gripp virusi, qorin tifi toksini, kizamik virusi) radiatsiya, dori-darmonlar (sulg’fanilg’amidlar, barbituratlar) benzol, V12, folievaya kislota yetishmovchiligi, anafilaktik shok, qorataloqni kattalashuvi, neytrofillar proliferatsiyasi va shakllanishini getetik defektida kuzatiladi.
Eozinopeniya, kortikosteroidlar mahsuloti ko’payganda (stress, Itsenko-Kushinga kasalligida, kortikotropin va kortizon organizmga ko’p kiritilganda), o’tkir infektsion kasalliklarda kuzatiladi.
Limfopeniya, orttirilgan va irsiy immunodefitsit xolatlarda, nur kasalligi, stress, miksidema va milliar tuberkulezda kuzatiladi.
Monotsitopeniya, qizil suyak ko’migida mieloid depressiyasi bilan ketuvchi sindrom va kasalliklarda kuzatiladi (o’tkir nur kasalligi, og’ir septik holatlar).
Leykopeniya patogenezida quyidagi mexanizmlar yotadi:
1. Gemopoetik to’qimada leykotsitlar produktsiyasini pasayishi
2. Yetilgan leykotsitlarni periferik qonga chiqishini buzilishi
3.Qon va qon hosil qiluvchi organlarda leykotsitlarni parchalanishi kuchayishi
4. Qon tomirlarda leykotsitlarni qayta taqsimlanishi, buzilishi
5. Organizmdan ularni chiqib ketishini kuchayishi yotadi.
Leykopeniya, patogenezini tahlil qilsak, hosil bo’lishini buzilishini yuqoriroqda ko’rib chiqdik, yetilgan leykotsitlarni periferik qonga chiqishini sekinlashuviga ko’proq, “dangasa leykotsitlar” sindromi sabab bo’ladi, bunda leykotsitlar membranasidagi defekt hisobiga, ularning harakat aktivligi pasayib ketadi. Leykotsitlarni parchalanishi ko’plab patogen omillar tahsirida yoki ularning membranasi fizik-ximik xususiyatini o’zgarishi hisobiga ro’y beradi. Ko’p hollarda yiringli endometrit, xoletsistoangioxolitda leykotsitlar ko’plab organizmdan chiqib ketadi.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin