Andijon 2013 ma’ruza №1 patofiziologiya faniga kirish, uning maqsadi va vazifalari. Etiologiya va patogenez, sanogenez reja


MAHRUZA LEYKOTSITLARNING PATOLOGIK O’ZGARISHLARI



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə142/207
tarix12.10.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#154299
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   207
pat fiz lek Sharif Xoshimovich

MAHRUZA


LEYKOTSITLARNING PATOLOGIK O’ZGARISHLARI


REJA:
1. Leykopoezni buzilishini patofiziologik asoslari
2. Leykoz, uning sinflanishi
3. Leykoz, etiologiya va patogenezi
4. O’tkir leykozlar, ularning patofiziologiyasi
5. Surunkali leykozlar, ularning patofiziologiyasi
6. Leykozda yuzaga chiqadigan klinik sindromlar
7. Leykemoid reaktsiyalar

Leykotsitlarning patologik o’zgarishlarida, qon hosil qiluvchi to’qimalarda ularning hosil bo’lishi buzilishini sifatiy va miqdoriy o’zgarishlari yotadi. Bunday o’zgarishlar, birinchidan, qon hosil qiluvchi to’qimalarga turli patogen omillarning tahsiridan kelib chiqsa, ikkilamchi o’zgarishlar organizmni himoya reaktsiyasi sifatida, qon hosil qiluvchi tizimda emas, balki boshqa organ va sistemalardagi patologik jarayonlarga nisbatan ro’y beradi.


Leykotsitlar patologiyasining eng muhim patogenetik zvenosida organizmni umumiy reaktivligini o’zgarishi yotadi, shu jumladan immunologik va allergik reaktivlik ham o’zgaradi, bu o’zgarishlar asosida fagotsitozni buzilishi, shuningdek antitela hosil bo’lishi va biologik aktiv moddalarni inaktivatsiyasini buzilishi yotadi.
Leykotsitlarni patologiyasi, to’qimalarda trofik hamda mahalliy mikrotsirkulyatsiyani buzilishiga olib keladi. Bu xolat leykotsitlarni asosiy funktsiyalaridan biri bo’lgan regenerator to’qimalarni oziq moddalar bilan tahminlashini va hujayra bo’linishiga stimullovchi tahsirini buzilishi bilan bog’liq bo’ladi.
Organizmda leykotsitlar qizil ko’mik, periferik qon va periferik to’qimalarda uchraydi. Hisoblashlaricha, 10 g leykotsit periferik qonda, 500 g qizil ko’mikda va 600 g leykotsitlar esa periferik to’qimada uchraydi.
Leykopoezni buzilishi
Leykopoez buzilishini quyidagi turlarini tafovutlaymiz:
1. Gemopoetik to’qimalarda leykotsitlar hosil bo’lishini ko’payishi yoki pasayishi
2. Qon hosil qiluvchi organlarda leykotsitlar yetilishini buzilishi
3. Patologik o’zgargan leykotsitlar produktsiyasini leykopoezga tahsiri
4. Bahzida, ushbu buzilishlar birga keladi.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin