Andijon 2013 ma’ruza №1 patofiziologiya faniga kirish, uning maqsadi va vazifalari. Etiologiya va patogenez, sanogenez reja


Qon hosil qiluvchi hujayralar quyidagi sinflarga tafovutlanadi



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə150/207
tarix12.10.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#154299
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   207
pat fiz lek Sharif Xoshimovich

Qon hosil qiluvchi hujayralar quyidagi sinflarga tafovutlanadi.
I-sinf – o’zak polipotent hujayralar bo’lib, barcha qon hujayralarning o’tmishdoshi hisoblanadi.
II-sinf – qisman determinlashgan, polipotent hujayralar.
III-sinf – unipotent o’tmishdosh hujayralar
Bu uchchala sinf hujayralarni, morfologik va tsitoximik usullar bilan ham bir-biridan ajratib bo’lmaydi, shuning uchun, ular umumiy, morfologik shakllanmagan hujayralar deb nomlanadi.
IV-sinf – proliferatsiyalangan hujayralar, ushbu hujayralarda morfologik va tsitoximik belgilar mavjud. Ushbu sinfga blast (plazmoblastlar, monoblastlar va b.q.), prohujayra (proplazmotsitlar, pronormotsitlar va b.q.), tsit (mielotsit, normotsit va b.q.) formalari kiradi.
V-sinf – yetilayotgan hujayralar.
VI-sinf – yetuk hujayralar.
Leykozni keltirib chiqaruvchi hujayralar proliferatsiya xususiyatini albatta saqlab qolgan bo’lishi zarur, shundan leykoz, I-IV-sinf hujayralardan yuzaga keladi. V- VI-sinf hujayralarni, leykoz hujayralarga, troansformatsiyalanishi ro’y bermaydi, chunki bu vaqtda ushbu hujayralar, bo’linishga javobgar strukturalarini yo’qotib ulguradi.
Leykozlarni ko’rib chiqishdan oldin, o’tkir va surunkali leykozlar patogenezini asosiy mohiyatini bilish lozim. O’tkir leykozda, leykoz hujayralar haddan tashqari ko’p bo’linish hususiyatini namoyon qilgani xolda, umuman yetilish xususiyatini yo’qotgan bo’ladi, biroq surunkali leykozda, leykoz hujayralar haddan tashqari ko’p bo’linish xususiyati bilan bir qatorda, yetilish xususiyatini ham saqlab qoladi, demak, o’tkir leykozda, o’sma hujayralar faqat bo’linadi, biroq yetilmaydi. Surunkali leykozda esa, o’sma hujayralari ham bo’linadi, ham yetiladi.
O’tkir leykozlar
O’tkir leykozlar aleykemik va leykopeniya tarzda kechadi, misol tariqasida, eng ko’p amaliyotda uchraydigan ikki turini ko’rib chiqamiz.
O’tkir mieloblast leykozi
Ushbu leykoz bilan asosan, yosh va o’rta yoshdagi insonlar og’riydi. Kasallik nomidan ham mahlumki, uning manbai mieloblastlar bo’lib, ushbu hujayralar shakllanish xususiyatini yo’qotadi va quyidagi o’ziga xos qon kartinasini yuzaga chiqaradi.
1) Leykoz mieloblastlari doimo bo’linadi va qonga tushadi, periferik qonda ko’plab mieloblastlarni uchratish mumkin.
2. Ushbu davrda qizil ko’mikda, normal qon hosil bo’lishi saqlanib qolganligi uchun, periferik qonda metamielotsit, tayoqcha yadroli va segment yadroli reytrofillar ham uchraydi.
3. Periferik qonida leykotsitlarni perexodnoy (o’tuvchi) formalari uchramaydi, mahlumki, normada mieloblastlardan promielotsit va mielotsitlar hosil bo’lishi kerak, shu leykotsitlar, ushbu leykozda, periferik qonda bo’lmaydi, bunday xolat leykemik jarlik degan nomni olgan. Bu xolat quyidagicha tushuntiriladi: leykoz mieloblastlar ko’rsatilgan hujayralarga shakllana olmaydi yoki qizil ko’mikda normal qon hosil qilish o’choqlari, qonga promielotsit va mielotsitlarni chiqarmay, “tutib” qoladi.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin