Leykozlarda yuzaga chiqadigan klinik sindromlar Ko’plab klinik sindromlarni uchta guruxga bo’lish mumkin.
Gematologik sindrom o’z ichiga quyidagilarni oladi.
Pantsitopeniya barcha turdagi, shaklli elementlar miqdori ayniqsa o’tkir leykozda kamayishi kuzatiladi.
Anemiya. Buning patogenezida eritropoezni buzilishi yotadi, shu bilan birga eritrotsitlarni immun gemolizi, qon yo’qotishni gemorragik sindrom ham roli bor.
Gemorragik sindrom. Ushbu xolatga, torombotsitopeniya va qon tomirlar devoriga leykoz infilg’trati to’planishi sabab bo’ladi.
Organizmni mikroblarga qarshi nospetsifik himoyasini pasayishi.
Immunologik yetishmovchilik.
Leykoz hujayralar faoliyati bilan bog’liq sindromlar.
Lixoradka, mahlum bo’lishicha 7-8% bemorlardagina, kasallik boshlanishidagi tana haroratini ortishi infektsiya bilan bog’liq, ko’plab xolatlarda esa lixoradka noinfektsion harakterga ega bo’ladi.
Intoksikatsiya. Ko’pgina leykoz hujayralar o’lgandan so’ng, o’z mahsulotini qonga chiqaradi. Ularni ko’pchiligi MNTga toksik tahsir ko’rsatadi. SHundan, tez charchash, umumiy xolsizlik va ko’ngil aynish kelib chiqadi.
Autoimmun jarayonlar.
Leykoz hujayralarni metastazlanishi, turli organ va to’qimalarda leykoz proliferatlarni rivojlanishi bilan bog’liq sindromlar.
Limfatik tugun, jigar va qorataloqni kattalashuvi.
Teri sindromi. Terida leykoz hujayra proliferatlari leykemidlarni hosil bo’lishi bilan namoyon bo’ladi.
SHilliq qavatlarda yara-nekrotik o’choqlarni yuzaga chiqishi (yara-nekrotik stomatit, angina, enteropatiflar)
Suyak-bo’g’in sindromi, suyak va bo’g’inlarda og’riq bilan namoyon bo’ladi.
Neyroleykoz sindromi. Meningial, bosh chanoqda bosimni ortishi sindromlari tarli-taman nevrologik buzilishlar bilan namoyon bo’ladi: m: parez, paralich, paresteziyalar. Bu o’zgarishlarni bosh miya, orqa miya, nerv stvoli, vegetativ tugunlarda leykemik infilg’tratlarni paydo bo’lishi bilan tushuntiriladi.
Leykoz pnevmoniti. Leykoz proliferatlari, o’pkani nafas funktsiyasini keskin buzadi, natijada tashqi nafas yetishmovchiligi kelib chiqadi.
Yurak yetishmovchiligi. Yurak muskullarida leykoz hujayralarini ko’payishidan kelib chiqadi.