Andijon 2013 ma’ruza №1 patofiziologiya faniga kirish, uning maqsadi va vazifalari. Etiologiya va patogenez, sanogenez reja



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə155/207
tarix12.10.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#154299
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   207
pat fiz lek Sharif Xoshimovich

Sinusli aritmiya
Yurak qo’zg’alishlarida ayrim intervallarning o’zgarishi bilan namoyon bo’ladi.
Ko’p xolatlarda, nafas bilan bog’liq, nafas aritmiyasi kuzatiladi. Nafas olganda yurak urishi ortadi, aksincha, nafas chiqarganda kamayadi. Ushbu aritmiya sog’lom odamlarda, asosan yosh organizmda, qarilarda esa kam uchraydi. Bundan tashqari, o’tkir infarktda, sinus tugunining jarohatida, bahzi agonal holatlarda ham kuzatiladi.
Bemorlarda sezilarli obektiv va subektiv o’zgarishlar ro’y bermaydi. EKG aytarli o’zgarishsiz, T-R intervali bahzida uzayadi.
Tashxis: pulg’sni ushlab bilish qiyin emas.
Atrio-ventrikulyar ritm
Yurak ritmini boshqaruvchisi ushbu aritmiyada, sinus tuguni bo’lmay, balki atrioventrikulyar tugun bo’lib qoladi, lekin ushbu aritmiya rivojlanishida impulg’s tugunning qaysi qismidan hosil bo’layotganligi ham katta ahamiyatga ega. Impulg’slar yuqori bo’lmacha sohasida, o’rta bo’lmacha va qorincha chegarasida, quyi qorincha soxalarida hosil bo’ladi.
Ushbu aritmiya, yurak faoliyatiga sezilarli salbiy tahsir ko’rsatmaydi, bemorlar aytarli shikoyat qilmaydi. Obhektiv ko’rilganda bo’yin venasining pulg’satsiyasi kuzatiladi. Pulg’s 80-40 ta bo’ladi. EKGda esa R tish manfiy bo’lib, QRS kompleksi oldida yoki qo’shilib ketadi.
Diagnoz faqat EKG asoslanib qo’yiladi.
Interferlovchi dissotsiatsiya
Ushbu aritmiyada impulg’slar 2 ta o’chog’ yuzaga chiqadi, yahni sinus va atrioventrikulyar tugunlarda hosil bo’ladi, qizig’i shundaki, sinus tugunidan ko’ra, atrioventrikulyar tugunda impulg’slar ko’p hosil bo’ladi.
Bu aritmiyani sinus tuguni jarohati, ayrim infektsion kasalliklar, o’tkir revmatizm, miokarditlar keltirib chiqaradi.
Tashhisi asosiy kasallikka qarab qo’yiladi. EKGda qorincha va bo’lmacha bir-biriga bog’liq bo’lmagan xolda qo’zg’alishi kuzatiladi.
Idioventrikulyar ritm
Ushbu aritmiyada impulg’slarni chiqaruvchi joy atrioventrikulyar tugundan pastda joylashgan bo’ladi. M: gis tutami, bo’lmachalar qo’zg’alishi retrograd tarzda amalga oshiriladi.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin