Arterial gipertenziyani modellashtirish Insonning birorta boshqa kasalligini, arterial gipertenziyaga o’xshash ko’plab modellari yo’q. Hozirgi kunda arterial gipertenziyani sichqon, kalamush, quyon, mushuk, it, cho’chqa va maymunlarda modellashtiriladi va ular bir necha guruxlarga bo’linadi.
MNT funktsiyasini buzilishi.
a) yuqori rivojlangan hayvonlar (it, maymun) bosh miyasida qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlarini urishtirish orqali nevroz chaqirish mumkin. M: hazm va ovqatlanish, b) hayvonlarda zoosotsial konflikt (maymun) chaqirish orqali, psixoemotsional holatni modellashtirish, v) bosh miyani limbik tizimiga elektrik va ximik stimullar berish.
Bosh miyada qon va limfa aylanishni buzilishi.
a) uzoq va kuchli arterial gipertenziya, uyqu arteriyasi va uning tarmoqlarini qirqib qo’yilganda yuzaga chiqadi. Bunday arterial gipertenziyani, markaziy ishemik gipertenziya deyiladi. Bu xolat, po’stloq va po’stloq osti tuzilmalarda, qon tomirlar tonusini boshqaruvchi markazlarning funktsional xolatini buzilishidan kelib chiqadi.
b) miyacha tsisternasiga koalin yuborib, perinevrol va perivaskulyar limfatik yo’llarni blokadalab, arterial gipertenziyani modellashtirish mumkin. Ushbu arterial gipertenziyani genezida bosh miya chanog’ida bosimning ortishi va total ishemiyalar yotadi.
III. Depressor regulyator tizimlar faoliyatini buzilishi. a) quyon va itlarda depressor va sinus nervlarni qirqib qo’yish natijasida, refleksogen zonalarda, yahni aorta ravog’i va karotid sinusidagi baroretseptorlardan kelayotgan tormozlovchi tahsir yo’qotiladi, oqibatda refleksogen gipertenziya kelib chiqadi.
b) indometatsin yordamida prostaglandinlarni sintezini buzish orqali, arterial gipertenziyani chaqirish mumkin.
IV. Buyrak funktsiyalarini buzilishi. a) ikkala buyrak arteriyalarni qisish yoki bitta buyrak arteriyasini qisib, ikkinchi buyrakni butunlay olib tashlab, renovaskulyar arterial gipertenziyani chaqirish mumkin. Ushbu modelda arterial gipertenziyani kelib chiqishida renin-angiotenzin tizimni aktivlashuvi yotadi.
b) hayvonning ikkala buyrakigini olib tashlab, uremiyani oldini olish uchun gemodializga o’tkazilsa, renopriv arterial gipertenziya kelib chiqadi. Uning rivojlanishini buyrakningdepressor funktsiyasini yo’qligi bilan tushuntiriladi.
v) buyrakni tselofan paket bilan bog’lash, bunda perinefrit kelib chiqadi. Buyrak parenximasini ezilishidan buyrak gipoksiyasi va venoz dimlanish kuzatiladi, buning natijasida renin-angiotenzin tizim faollashadi.