Qorinchalar fibrilyatsiyasi Ushbu aritmiyaga narkoz, kuchli elektr toki, kuchli zaharlanish ochiq yurak operatsiyalari, o’pka arteriyasini tiqilib qolishi va keskin gipoksiyalar olib kelishi mumkin. Bu aritmiyada, qorinchalarni ayrim muskullarini xaotik tarzda qisqarishidan, qorinchalarni umumiy qisqarish kuchi juda past bo’ladi, shundan qon aylanish to’xtaydi, bemor xushidan ketadi va o’lim bilan tugashi mumkin. Aritmiyani boshlanishida, bemor yuzi oqaradi, so’ngra ko’karib ketadi, xushidan ketadi. Yurak tonlari eshitilmaydi, klonik va tonik titrashlar kuzatiladi. Adam-Stoks-Morgani sindromini kuzatish mumkin.
EKGda qorincha kompleksi o’rniga, har xil amplitudali to’lqinlar paydo bo’ladi, ular asta-sekin so’nib boradi. Ayrim xolatlarda, yurak faoliyati normallashib, bemorni ahvoli yaxshilanishi mumkin.
Qorinchalar fibrillyatsiyasini kelib chiqishi quyidagicha tushuntiriladi. Kardiomiotsitlar ichida K+ ionini kontsentratsiyasi ozayib ketadi, bu esa uning membrana potentsialini pasayishiga olib keladi, natijada membrana osonlik bilan depolyarizatsiyalanadi va qo’zg’aladi, albatta bu xolatda kataxolaminlar rolini ham esdan chiqarmaslik lozim.
Bunday bemorlarni davolashda odinochnqy elektricheskiy razryad zarur. Tahsir natijasida, barcha mikard tolalarda bir vaqtda depolyarizatsiya yuzaga chiqadi, bu esa muskullarni asinxron qo’zg’alishini oldini oladi. Qorinchalar fibrillyatsiyasini oldini olish uchun, qonning tuzli tarkibini korrektsiya qilish lozim.