Andijon 2013 ma’ruza №1 patofiziologiya faniga kirish, uning maqsadi va vazifalari. Etiologiya va patogenez, sanogenez reja


Arterial gipertenziya kelib chiqishida nerv omili



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə162/207
tarix12.10.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#154299
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   207
pat fiz lek Sharif Xoshimovich

6.Arterial gipertenziya kelib chiqishida nerv omili
7.Arterial gipertenziya kelib chiqishida buyrak omili
8.Arterial gipotenziya haqida tushuncha

Qon tomirlar devori tonusini o’zgarishi, uning idora etilishini buzilishidan kelib chiqadi, goh qon tomirlarda arterial bosimni ortishiga, goh esa kamayishiga olib keladi. Tomirlar tonusini idora etilishida organizmni turli zvenolari ishtirok etadi. MNT, ichki sekretsiya bezlari, buyraklar va boshqalar ishtirokida ketadi.


Rezistiv qon tomirlarni funktsiyasini buzilishi, periferik qarshilikni o’zgarishi bilan bog’liq xolda o’zgaradi.
Arterial bosimni ortishi, organizmning pressor tizimini aktivlashuvi natijasida yuzaga kelsa, arterial gipotoniya esa, depressor tizimni faoliyati bilan bog’liq bo’ladi.
Pressor tizimga: a) simpatoadrenal tizim, b) renin-angiotenzin tizim, v) alg’dosteron-vazopressin tizim, g) glyukokortikoidlar kiradi.
Depressor tizim: a) aorta ravog’i va karotid sinusi baroretseptorlaridan boshlanuvchi reflekslar, b) prostaglandinlar A, Ye, J, v) kallikrein-kinin tizim, g) bo’lmachani natriyuretik gormonlari tashkil qiladi.
Arterial gipertenziyani birlamchi va ikkilamchi turlari tafovutlanadi.
Birlamchi arterial gipertenziya, biror organ va tizimlarda uchraydigan kasallik yoki patologik jarayonlar bilan bog’liq bo’lmagan tarzda yuzaga keladi. Ushbu arterial gipertenziyani sabablari aniq emas. Turli davlatlarda arterial gipertenziyaning ushbu formasini “idiopatik” “essentsial gipertoniya” yoki “gipertonik kasallik” deb nomlanadi.
Ikkilamchi arterial gipertenziya esa, organ va tizimlarda uchraydigan kasallik yoki patologik jarayonlar bilan bog’liq tarzda yuzaga chiqadi va quyidagi kasalliklarga xos:
a) buyrak kasalliklari (glomerulonefrit, pielonefrit, buyrak polikistozi va boshqalar).
b) buyrak usti bezi o’smalari (feoxromotsitoma, alg’dosteroma)
v) yurak va qon tomirlarni zararlanishi (ayrim yurak nuqsonlari, aorta koarktatsiyasi)
g) nerv tiziminining kasalliklari (bulg’bar polimielit, entsefalitlar, travmalar, miya chayqalishi va boshqalar).
Ushbu xolatlarda gipertenziyani kelib chiqishi aniq, kasallik davolansa, arterial gipertenziya ham normallashadi. Barcha arterial gipertenziyalarni yaqin 80% birlamchi, 20% ni esa ikkilamchi gipertenziyalar tashkil qiladi, shundan yaqin 14% buyrak kasalliklari bilan bog’liq bo’ladi.
Mahlumki, arterial bosimning kattaligi, umumiy gemodinamik qonunga bog’liq xolda belgilanadi. SHunga ko’ra, arterial gipertenziyani uchta gemodinamik tipi tafovutlanadi.

  1. Giperkinetik tip. Ushbu tipda yurakni zo’r berib ishlashi tufayli, uning minutli hajmi ortadi.

  2. Eukinetik tip. Ushbu tipda yurakning minutli hajmi hamda qon tomirlarda periferik qarshilk biroz ortadi.

  3. Gipokinetik tip. Uning rivojlanishi umumiy periferik qarshilikni keskin ortishi bilan bog’liqdir.


Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin