Andijon 2013 ma’ruza №1 patofiziologiya faniga kirish, uning maqsadi va vazifalari. Etiologiya va patogenez, sanogenez reja



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə164/207
tarix12.10.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#154299
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   207
pat fiz lek Sharif Xoshimovich

V. Gormonal xolatni buzilishi.
a) hayvonlarga adrenalin yuborish.
b) hayvonlarga vazopressin yuborish.
v) buyrak usti bezini subtotal olib tashlagandan so’ng, bez to’qimasini regeneratsiyasi kuchayib, kortikosteroidlar sintezi ortadi, ayniqsa alg’dosteron, shundan, buyrak usti-regeneratsion gipertenziya kelib chiqadi.
VI. Suv-tuz almashinuvini buzilishi.
a) hayvonlarga ko’p miqdorda osh tuzi yuborilganda, tuzli gipertenziya kelib chiqadi.
b) hayvonlarga ko’p miqdorda mineralokortikoidlar yuborilsa, mineralokortkoidli gipertenziya kelib chiqadi.
v) osh tuzini mineralokortikoidlar bilan birgalikda yuborilganda ham arterial gipertenziya kelib chiqadi.
VII. Gen bilan bog’liq arterial gipertenziya.
Dunyoni ko’plab laboratoriyalarida, shunday kalamushlar olinganki, ulardagi gipertenziya kasalligi nasldan-naslga o’tadi (liniya Okamoto-Aoki), ushbu kalamushlarni insulg’tga moyilligi yuqori bo’ladi.
Etiologiya

  1. Psixoemotsional zo’riqish

Arterial gipertenziya, asosan, ishlash jarayonida psixoemotsional qo’zg’alishlar ko’p uchraydigan kasb egalarida kuzatiladi, shuningdek, talabalarni imtixondan oldingi xolati, maxsus maktab o’quvchilari orasida uchrashi mumkin. Mahlumki, ikkinchi jaxon urushi “Leningrad blokada”sida qolgan odamlarni aytarli barchasida arterial gipertenziya kuzatilgan.
Rus olimi Lang tahkidlashicha arterial gipertenziyani sababchisi bo’lgan psixoemotsional zo’riqish, ONF tida nevrotik buzilishlarga olib keladi, shundan, arterial bosimni ortishiga olib keladi. Arterial gipertenziya ushbu buzilishlarni vegetativ komponenti bo’lib hisoblanadi.

  1. Irsiy omil. Ushbu sababni isbotlovchi yaqqol misol, bu egizaklardir, ayrim qarindosh-urug’larda arterial gipertenziyani ko’p uchrab turishi, irsiy omillarni rolini belgilaydi.

  2. Osh tuzini xaddan ortiq ko’p istehmol qilish. Ayrim etnik guruxlarda, Xitoy va Avstraliya tog’larida, ayrim Panamada yashovchi indeys qavmlari juda oz, sutkasiga 1-2 gr osh tuzi istehmol qiladi, shundan ularda ushbu kasallik juda kam uchraydi.

Bagam orollarida yashovchi negrlar, Yaponiyani ayrim xududlarida yashovchi insonlar sutkasiga 20-50 gr osh tuzi istehmol qiladilar, shundan ularda ushbu kasallik ko’p tarqalgan. Hayvonlarda ham ushbu kasallik ko’p tarqalgan. Hayvonlarda ham ushbu kasallikni modellashtirish mumkin.
Patogenez
Birlamchi arterial gipertenziya ikkita kontseptsiya asosida tushintiriladi: disregulyator va membranaga bog’liq.
Disregulyator kontseptsiya, arterial bosimning ortishini uning boshqaruvchi mexanizmlarni izdan chiqishidan yuzaga keladi deb tushintirilsa, membranaga bog’liq kontseptsiya, arterial bosimni ortishi, arteriolalarni silliq mushak hujayralarining funktsiyasini buzilishidan, deb tushintiriladi.
Disregulyator kontseptsiya bo’yicha arterial gipertenziya patogenezni ikkita giper va gipokinetik fazalari tafovutlanadi.
Giperkinetik faza yurakni minutli hajmini ortishi, arterial bosimni ko’tarilishi bilan namoyon bo’ladi.



Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin