Nerv mexanizmlar regulyatsiyasi buzilishidan qon tomirlar tonusini o’zgarishi Rezistiv qon tomirlarda arterial bosimni bir mehyorda ushlab turishda po’stloq, gipotalamus va uzunchoq miyadagi qon tomirlarni harakatlantiruvchi markazlari ishtirok etadi. Bosh miyasi olib tashlangan hayvonlarda, arterial bosim bir mehyorda ushlab turiladi, lekin stabil emas, ushbu xolat nerv markazlar tomonidan idora etilishni mukammalligi yo’qolganligidan dalolat beradi.
Lang va Myasnikov fikricha “nerv zo’riqish” birlamchi gipertonik kasallikni etiologik mohiyatini tashkil qiladi, ushbu tahsir natijasida arterial bosimni bir mehyorda ushlub turuvchi markazlarning trofikasini buzilishi ro’y beradi. Mahlumki, po’stloqda qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlarining buzilishi, ONF buzilishiga olib keladi. So’ngra, po’stloqdagi buzilishlar, po’stloq osti tuzilmalarga uzatiladi, yahni gipotalamus va uzunchoq miyadagi qon tomirlarni harakatlantiruvchi markazlar qo’zg’aladi. Gipotalamusda hosil bo’lgan vazomator impulg’slar, uzunchoq miyaga boradi, u yerdan simpatik nerv tolalari bo’ylab, rezistiv qon tomirlarning vazomator komponent faoliyatini aktivlashtiradi.
Simpatik nerv oxirlaridan ajralgan noradrenalin, £-adrenoretseptorlarni qo’zg’atadi. Arterial gipertenziya yuzaga chiqishi uchun, noradrenalinni β-adrenergik, yahni qon tomirlarni kengaytiruvchi effektdan, noradrenalinni £-adrenergik tahsiri, ustun bo’lishi zarur, boshqacha qilib aytganda β-adrenergik tizim faoliyatini £-adrenergik tizim bo’g’gandan so’ngina arterial gipertenziya kelib chiqadi. Lekin, klinik kuzatishlar shuni ko’rsatmoqdaki, 15-25% xolatlardagina ushbu mexanizm asosida arterial gipertenziya kelib chiqar ekan. Biroq, qon tomirlar tonusini markaziy idora etuvchi mexanizmlar faoliyati, periferik retseptorlar faoliyati bilan chambarchas bog’liqligi ko’pgina tajribalarda o’z isbotini topgan.
Markaziy harakterdagi idora etilishi buzilib, rezistiv qon tomirlarni tonusini ortishidan, turli o’lchamdagi spazmlar yuzaga keladi. Ushbu spazmlar esa, ishemik harakterdagi og’riq, organ va tizimlar funktsiyasini buzilishiga olib keladi, m: oyoqlardagi arteriyalarning spazmidan kelib chiqadigan oqsoqlanish, qorin bo’shlig’idagi xurujlovchi og’riq, toj tomirlar spazmidan, ko’krak qafasidagi og’riqlar ko’rinishida namoyon bo’ladi.