Yurak va qon aylanishini yetishmovchiligidagi klinik simptomlar TSianoz shilliq parda va terini ko’kimtir rangga kirishi (qoramtir ko’k), bu holat to’qimalarda sezilarli tarzda O2 kamligi hamda qaytarilgan gemoglobinni ko’pligidan kelib chiqadi.
Qonda O2 miqdorini kamayishiga quyidagi sabablar bor:
1) Uning kapillyarlarda harakatini sekinlashuvi, hamda arterial qondagi O2 ni to’qimalar tomonidan to’liqroq foydalanishi
2) Kichik qon aylanish doirasidagi qonni O2 bilan to’yinishini yomonlashuvi
Hansirash yurak yetishmovchiligida bevosita va bilvosita, yahni reflektor tarzda nafas markaziga, qonning ximizmini o’zgarishi natijasida yuzaga keladi (gipoksiya, giperkapniya, atsidoz). Oldiniga hansirash faqat inson jismoniy ish bajarganda, dekompensatsiya fazasida esa tinch holatda ham ro’y beradi.
Hansirashni boshlanishida unda moslashtirish ahamiyati bo’ladi, shu yo’l bilan o’pkada gazlar almashinuvi yaxshilanadi, shu bilan birga zo’r berib ishlayotgan nafas muskullari ko’p O2 yetishmasligini yanada chuqurlashtiradi. Hansirash hisobiga ko’krak qafasini so’rib olish xususiyati yanada ortadi, buning natijasida yurakka qon kelishi ortadi va uning nagruzkasi ham kuchayadi.
Taxikardiya, bu qon tomir yetishmovchiligini harakterli simptomi bo’lib hisoblanadi. Buning asosida kovak venalarida qonni dimlanishi natijasida, bu o’z navbatida yurak urushlarini tezlashtiradi (Beyn-Bridj refleksi), qon ximizmi buzilishi natijasida (aorta ravog’i va karotid sinusidan)
Yurak urushlarini soni 100 va undan ortiq. U ham hansirash kabi boshida kompensator ahamiyatga ega bo’lib, yurakdan ko’p qon chiqarib beradi, bu esa yurak muskullarini zo’riqishiga olib keladi, bu esa yurak yetishmovchiligini yanada chuqurlashtiradi.
SHishlar chap qorincha kuchsiz ishlashidan, kichik qon aylanishi doirasida dimlanishidan bo’ladi. O’ng qorincha kuchsiz ishlashidan esa, katta qon aylanish doirasida dimlanish ro’y beradi, ayniqsa jigarda, bu esa uning hajmini ortishiga olib keladi. Agar dimlanish davri uzoq bo’lsa, avvaliga gepatotsitlar atrofiyaga uchraydi, qo’shuvchi to’qimani paydo bo’lishi va oxir oqibat tsirrozga olib keladi.
Buyraklarda, JKT, bosh miyada ham dimlanishlar ro’y beradi. O’ng qorincha kuchsizlansa oyoqlarda, chap qorincha ishi buzilsa o’pkada shish paydo bo’ladi. Bo’shliqlarda suv to’planadi (vodyanka) ular shishlardan keyinroq paydo bo’ladi.
Kapillyarlardagi dimlanish patogenezida Na+2va suvni ushlanishi, buyraklarda filg’tratsiya va reabsorbtsiyani buzilishi yotadi. Jigarni funktsiyasi buzilishi natijasida qonda alg’buminlar kamayadi va uning kolloid-osmotik bosimi ham kamayadi. Alg’dosteron ko’p chiqishi ham suvni ushlab, shishlarga olib keladi. Bunda qonda eritrotsitlar ko’payib, eritropoez kuchayadi, qonni qovushqoqligi ortib, yurakka nagruzkasini yanada oshiradi.