Andijon 2013 ma’ruza №1 patofiziologiya faniga kirish, uning maqsadi va vazifalari. Etiologiya va patogenez, sanogenez reja


Yurak qisqarishlarini buzilishidan kelib chiqadigan aritmiyalar



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə160/207
tarix12.10.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#154299
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   207
pat fiz lek Sharif Xoshimovich

Yurak qisqarishlarini buzilishidan kelib chiqadigan aritmiyalar
Bunday aritmiyalarga alg’terlovchi va paradoksal pulg’s kiradi. Alg’terlovchi pulg’sda, katta va kichik amplitudali, regulyar ketuvchi pulg’s to’lqinlari kuzatiladi. Bunday pulg’sni kelib chiqishiga, yurak miokardini degenerativ va yallig’lanish natijasidagi o’zgarishlar sabab bo’ladi. Lekin, uning patogenezi yaxshi o’rganilmagan.
Klinika: Ushbu aritmiyalar miokardda chuqur o’zgarishlar bo’lgan bemorlarda uchraydi, qon bosimi ortgan va taxikardiya kuzatilgan bemorlarda, bahzan paroksizmal taxikardiyada ham kuzatish mumkin.
Parodoksal pulg’s. Bemorlarda pulg’sni kamayishi yoki bahzida yo’qolishi bilan xarakterlanadi. Nafas olinganda pulg’s yo’qoladi, nafas chiqarganda esa, pulg’s tezlashadi, parodaksal deb nomlanishiga sabab, bunda nafas aritmiyasi kuzatilmaydi.
Bunday aritmiya ko’krak qafasining anomaliyasida yoki unda o’sma, chandiq to’qimasi bo’lsa kuzatiladi.
Qo’zg’aluvchanlik va o’tkazuvchanlikni birgalikda buzilishi bilan kechadigan aritmiyalar.

  1. Bo’lmachalar trepetatsiyasi [bo’lmachalar 1 minutda 250-400 tagacha qisqaradi].

  2. Bo’lmachalar mertsaniyasi [1 minutda 400-600 tagacha qisqaradi].

Bo’lmachalar trepetatsiyasi va mertsaniyasini bir xil omillar chaqiradi, shuningdek, ular biridan ikkinchisiga o’tadi, shundan ushbu ikkita aritmiyani mertsatelg’naya aritmiya deb nomlashadi.

  1. Qorinchalar trepetatsiyasi [qorinchalar 1 minutda 150-300 tagacha qisqaradi].

  2. Qorinchalar [fibrillyatsiyasi], mertsaniyasi [qorinchalar 300-500 tagacha qisqaradi, xuddi qisqarmay qoladi].

Bo’lmachalar trepetatsiyasi va mertsaniyasi
Bo’lmachalar miokardida juda ko’plab ektopik o’choqlarni hosil bo’lishi, qo’zg’alishlar o’tish tezligi va yo’nalishini buzilishi natijasida, yurak ayrim qismida qo’zg’alish to’lqinlarini uzoq muddatli tsirkulyatsiyasi ro’y beradi. Natijada yurak ritmi keskin buziladi, bu esa bo’lmachalar trepetatsiyasi va mertsaniyasi ko’rinishida namoyon bo’ladi.
Yuqorida tahkidlanganidek, bo’lmachalar trepetatsiyasida, bo’lmachalarni qisqarishi 1 minutda 250-400 tagacha boradi. Ushbu aritmiyada, bo’lmachalarni ishlash ritmiga, qorinchalar moslasha olmaydi, natijada nisbiy yurak blokadasi ro’y beradi. Ushbu davrda qorinchalar, bo’lmachalarni ikkinchi, uchinchi, to’rtinchi qisqarishlariga javob beradi, qolgan qo’zg’alishlar esa qorinchalarni absolyut refraktermik fazasiga tushadi. SHuningdek, qorinchalar qon bilan to’lmasdan turib, qisqarishini amalga oshirishi mumkin, bu esa qon tomirlar faoliyatini buzilishiga olib keladi.
Bo’lmachalar fibrillyatsiyasida (mertsaniya) bo’lmachalar 400-600 tagacha qisqaradi. Ushbu aritmiyada, bo’lmachalarni ayrim mushak tolalari qisqaradi xolos, butunlayicha esa, to’liq bo’lmagan qisqarish xolatida bo’ladi, natijada bo’lmacha qon otib berish vazifasini bajara olmaydi. Bu vaqtda, bo’lmachalarni ayrim muskul tolalaridan kelayotgan impulg’slar atrioventrikulyar tugunni qo’zg’ata olmaydi yoki bu xolat neregulyar tarzda ro’y beradi, shundan qorinchalarni qisqarishi tasodifiy xarakterga ega bo’ladi. Ayrim xolatlarda qorincha to’liq qon bilan to’lmay turib, qisqarishni boshlab yuboradi, natijada bemorlarda pulg’s to’lqini kuzatilmaydi, yahni pulg’s defitsiti yuzaga chiqadi.
Ushbu aritmiyalar, yurak nuqsonlarida, aterosklerotik kardiosklerozda, tireotoksikozda, chap arioventrikulyar teshikni stenozida kelib chiqadi.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin