Andijon 2013 ma’ruza №1 patofiziologiya faniga kirish, uning maqsadi va vazifalari. Etiologiya va patogenez, sanogenez reja


Leykopeniyaning eng yomon oqibati



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə147/207
tarix12.10.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#154299
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   207
pat fiz lek Sharif Xoshimovich

Leykopeniyaning eng yomon oqibati organizm reaktivligini pasayib ketishi, bu xolat neytrofillarni fagotsitar va limfotsitlarni antitelo hosil qilishini buzilishi bilan namoyon bo’ladi.
Reaktivlik keskin pasayishining eng yorqin misoli SPID, agranulotsitoz, alimentar toksik aleykiya kuzatiladi. Agranulotsitoz, qonda granulotsitlar sonini keskin pasayib ketishi, umumiy leykotsitlar sonini pasayishi bilan birga ketadi, ushbu xolatni dori preparatlar, ion nurlari, ayrim infektsiyalar chaqiradi.
Aleykiyada qizil ko’mikning aplastik zararlanishidan mieloid qon hosil bo’lishi keskin buziladi. Zararli zamburug’lar ajratgan toksinlar tahsirida yuzaga chiqadi. Lekin, ayrim granulotsitlarni sintezi keskin buzilishi, boshqa leykotsitlarni sintezini ortishiga olib keladi. M: neytropeniyada monotsitoz, eozinofilez, limfatsitoz kuzatiladi, bunday xolat neytropeniya chaqiruvchi klinik belgilarni intensivligini pasaytiradi.
Etilgan va yetilmagan leykotsitlarning
o’zaro nisbatini buzilishi
Etilmagan leykotsitlarni periferik qonda bo’lishiga, qon hosil qiluvchi to’qimalarda ularning yetilishini buzilishi va suyak ko’migini o’tkazuvchanligini ortishi sabab bo’ladi. Bunday o’zgarishlar leykotsitlarni giperproduktsiyasi, leykopoetik to’qimani reaktiv va o’smaga bog’liq giperplaziyasi hisobiga kelib chiqishi mumkin.
Agar, qonda yetuk, segment yadroli neytrofillar ko’payib, tayoqcha yadroli va metamielotsitlar yo’q bo’lsa, bu suyak ko’migi faoliyatini susayayotganligidan dalolat beradi.
Agar, qonda neytrofillarni yosh formalari ko’payib ketsa, yadroni chapga surilishi bo’ladi, agar yetuk neytrofillar ko’payib ketsa yadroni o’nga surilish deyiladi. Bu siljish 0,06-0,08, agar kasallik yaxshilik bilan tugasa 0,25-0,45dan oshib ketmasligi kerak, ushbu xolatlar SHilling formulasi asosida aniqlanadi.
Yadroni chapga siljishini regenerator, giperregenerator va deregenerator, regenerator-degenerator turlari tafovutlanadi.
Regenerativ siljish granulotsitopoezni aktiv ko’rsatkichi bo’lib, bunda sust umumiy leykotsitoz fonida periferik qonda tayoqcha yadroli granulotsitlar va metamielotsitlar ortadi, bitta yarimta mielotsitlar ham bo’lishi mumkin.
Giperregenerativ siljishi leykopoetik to’qimani haddan tashqari giperplaziyasi hisobiga kelib chiqadi, hujayralarning yetilishini buzilishi hisobiga, periferik qonda tayoqcha yadroli granulotsitlar va metamielotsitlar soni keskin ortadi, metamielotsit, mielotsit, promielotsitlar paydo bo’ladi, leykotsitlarning umumiy soni aytarli o’zgarmaydi.
Degenerativ siljish leykopoezning chuqur buzilganligini anglatadi. Umumiy leykopeniya fonida periferik qonda tayoqcha yadroli granulotsitlar ko’payib ketadi, ularning yadro va tsitoplazmasida degenerativ o’zgarishlar kuzatiladi, metamielotsitlar bo’lmaydi.
Regenerativ – degenerativ siljish qizil ko’mikda patologik, o’zgargan leykotsitlarning giperproduktsiyasi va ularning yetilishini buzilishida kuzatiladi. Bunday siljishda umumiy leykotsitoz, qon surtmasida tayoqcha yadroli granulotsitlar, degeneratsiya belgilari bilan metamielotsit va mielotsitlar ko’zga tashlanadi.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin