Andijon 2013 ma’ruza №1 patofiziologiya faniga kirish, uning maqsadi va vazifalari. Etiologiya va patogenez, sanogenez reja


Organizmda temir almashinuvi va uning buzilishi



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə137/207
tarix12.10.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#154299
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   207
pat fiz lek Sharif Xoshimovich

Organizmda temir almashinuvi va uning buzilishi
Ovqat tarkibidagi temirni, organizm tomonidan normal so’rilishi uchun oshqozon shirasida erkin NCl bo’lishi kerak, uning tahsirida temir nordon shaklga aylanadi. Oshqozon shirasida NCl yetishmaganda, yahni axiliya yoki agastriya, oshqozon shilliq qavati atrofiyasida Fe+2 organizm tomonidan o’zlashtirilishi keskin buziladi.
Temir organizm uchun katta ahamiyatga ega, juda ko’plab fermentlar tarkibiga kiradi, shu bilan birga uni gimpoezda roli katta.
Katta odamlarni Fe+2 ga ehtiyoji o’rtacha 4-5 gr. shundan 1 gr. Fe+2 jigarda zaxira holida bo’ladi.
Organizmda qon yaratish uchun eritrotsitlar parchalanishidan hosil bo’lgan temir yetarli bo’ladi. SHu temirni asosiy qismi gemosiderin holida mononuklyar fagotsitar tizim tomonidan yutilib, zahira kelgusida qon hosil qilishda ishlatiladi, yetishmagan qismi esa ovqatdan olinadi.
Ovqat tarkibida kirgan Fe3+, NSl tahsirida Fe2+ hosil bo’ladi, oshqozonda, Fe +2 apoferritin bilan birikib, ferritinga aylanadi va qonda so’riladi, u yerda β-globulin birikib, transferrin tarkibida to’qimaga kiradi.
Uni qonda oqsil bilan birikishi, himoyaviy harakterga ega bo’ladi, yahni organizmdan chiqib ketishini oldini olishga qaratilgan.
Eritrotsitlarda gem va globin sintezi buzilsa, gemoglobin kam bo’ladi, bundan gipoxrom anemiya kelib chikadi. Bahzida eritrotsitlar membranasidan Fe+2 o’ta olmaydi, natijada gemoglobin sintezi keskin buziladi.
Bahzida, Fe+2 bilan bog’lanuvchi fermentlar (katalaza, glutationoereksidaza) faolligi pasayishi, uni gemolizga uchratadi.
Vitamin V12 almashinuvi
Ushbu vitamin, 1948 yilda jigardan kristall holida ajratilgan. 1955 yilda esa Xoajkin uning strukturasini aniqlagan.
Vitamin V12 (tsianokobalamin) organizmga ovqat tarkibida (go’sht, tuxum, tvorog, jigar), oqsillar bilan birikkan xolda kiradi. Oshqozonda oqsillar gidrolizga uchraydi va undan V12 ajraladi, shundan so’ng, Sa+2 ionlari ishtirokida oshqozonning shilliq qavatida, V12 gastromukoproteid (Kastlni ichki omili) bilan bog’lanadi.
1 mg gastrromukoproteid 25 mg V12 bog’laydi. Hosil bo’lgan kompleks ingichka ichaklarda so’riladi. Qonda V12 transportini maxsus oqsillar transkobalaminlar amalga oshiradi. V12 ning deposi jigar hisoblanadi, zahira 3-6 yilga yetadi. Hujayralarda V12 vitamindan uning ikkita kofermentlari hosil bo’ladi: metilkobalamin va 5-dezoksiadenozilkobalamin.
Metilkobalamin hujayrada DNK sintezi uchun juda kerak, shuning uchun qon hosil bo’lishiga tahsir etadi. Ushbu koferment, folievaya kislotani tetragidrofilievaya kislotaga aylantiruvchi, ferment kompleksiga kiradi. Hosil bo’lgan kislota qon hosil bo’lishida muhim ahamiyatga ega.
V12 ni ikkinchi kofermenti 5-dezoksiadenozil kobalamin yog’lar almashinuvini normal kechishini tahminlaydi, yahni toksik metilmalonovaya kislotani yantar kislotaga aylanishida muhim ahamiyatga ega.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin