Normoblastik eritropoez Ushbu eritropoez odamlarda postnatal davrda qon hosil bo’lishni yagona fiziologik tipi bo’lib, normada eritroblastlardan pronormoblastlar, ulardan normoblastlar, normoblastlardan esa normotsitlar xosil buladi.
Pronormoblast genetik va morfologik jihatdan eritroblastga o’xshab ketadi, lekin o’lchamiga ko’ra 12-18 mkm, nukleollar hamda yadro bo’lmaydi.
Pronormoblast yadrosini kondensatsiyasi va gemoglobinni hosil bo’lishi bilan normoblastga aylanadi.
Normoblast yadroli xujayrani oxirgi bosqichi bo’lib, o’lchami yetilgan eritrotsitlar o’lchamiga yaqin bo’ladi, yahni 8-12 mkm, razmerini kattaligi u yoki bu tomonga surilishi mumkin, shundan mikro yoki makronormoblastlar tafovutlanadi.
Normoblastni gemoglobin bilan to’yinish darajasiga qarab esa: bazofil, polixromotofil va atsidofilg’larga tafovutlanadi.
Normoblastlarda gemoglobin avval, perinuklyar zonada, keyinchalik butun tsitoplazmaga yoyiladi.
TSitoplazmaga gemoglobin paydo bo’lishi bilan bir qatorda, yadro xromatinida kondensatsiya jarayoni ketadi. So’ngra yadrochalar yo’qoladi, xromatin to’ri dag’allashib, yadrochalar radiar strukturaga ega bo’ladi va xromatin va paraxromatinga bo’linadi, natijada g’ildiraksimon yadroga ega bo’ladi, bu tipik normoblastdir.
Ushbu paytda yadro o’z faoliyatini davom ettiraveradi va ko’plab mitoz natijasida figuralar hosil bo’ladi, yadroni xromatini zichlashadi, g’ildiraksimon strukturasini yo’qotadi.
Normoblastni normotsitga aylanishi Yadroni yo’qolishidan normoblast normotsitga aylanadi. Yadro yo’qolishi erish yo’li bilan emas, balki shunchaki tsitoplazmadan itarib yuborish bilan amalga oshiriladi. Bahzida yadrolar yo’qolganiga qaramay, mayda donachalar qolib ketadi. Fiziologik sharoitlarda eritroblastlarda yadroni yo’qolishi, tsitoplazmada gemoglobin yig’ilishi bilan parallel kechadi. Retikulotsitlar eritrotsitlarni bir turi bo’lib, bazofil komponentga ega, to’r shaklidagi retikulumi bo’ladi, uning o’lchami normoblast o’lchamiga teng bo’ladi. Retikulotsitlar periferik qonda tushishdan oldin, 2 va 4 kungacha kizil ko’mik stromasida bo’ladi, gipoksiya sharoitida uning miqdori ikki barobar ortib ketadi. Finsh mahlumotlariga qaraganda, eritrotsitlarni rivojlanish tsikli 82 soat davom etadi, 44 soati esa retikulotsit bosqichiga to’g’ri keladi. Periferik qonda esa ular bir sutka davomida bo’ladi, shu vaqt orasida ular retikulumini yo’qotadi va yetilgan eritrotsitga aylanadi. Katta odamlarda 0,8-1% atrofida retikulotsitlar bo’ladi. O’lchami jixatidan ular yetilgan eritrotsitlardan kattaroq bo’ladi, bu esa bazofil moddani zichligiga bog’liq bo’ladi.
O’sma metastazi kuzatilganda, suyak ko’migi qitiqlanganda, sariq kasalligida, qorin tifi va yara kasalliklarida organizmda retikulotsitoz kuzatiladi, bu xolatni katta praktik axamiyati bor.
Normoblastik eritrpoezda, bahzi xollarda tsitoplazmani rivojlanishi, gemoglobin paydo bo’lishidan orqada qoladi, yahni yadroni yo’qolishi kechikadi, natijada sifatsiz eritrotsitlar hosil bo’ladi.
Polixromatofil eritrotsitlarda bazofil elementlari qolib ketadi. Siderotsitlar granula shaklida ferritin ushlovchi eritrotsitlar turi hisoblanadi.
Siderotsitlar bahzi bir gemolitik, ayniqsa gipoxrom anemiyalarda, ayrim intoksikatsiyalarda, taloqni olib tashlaganda, insonlarga ko’p qon quyilganda yoki temir preparatini ko’p organizmga yuborilganda ham kuzatish mumkin. Ushbu holatlarda siderotsitoz organizmga Fe+2ni nagruzkasi bilan harakterlanadi.
Organizmda siderotsitlar umuman bo’lmasligi yoki 0,8% gacha bo’lishi mumkin. Periferik qonda siderotsitoz bo’lish esa bilan patologik holat, suyak ko’migida sideroblastlarni bo’lishi esa normal holat bo’lib hisoblanadi.