Andijon 2013 ma’ruza №1 patofiziologiya faniga kirish, uning maqsadi va vazifalari. Etiologiya va patogenez, sanogenez reja



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə124/207
tarix12.10.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#154299
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   207
pat fiz lek Sharif Xoshimovich

O’smalarnituzili
O’smalarning tashqi ko’rinishi xilma-xil bo’ladi. Ular dumaloq yoki oval, qo’ziqorin qalpoqchasiga o’xshash shaklda va boshqa ko’rinishlarda bo’ladi. O’smalar ahzo bag’rida yoki yuzasida joylashadi, kamdan-kam xolatlarda, o’sma ahzoni butunlay qoplab oladi, buning natijasida ahzoni o’lchami o’zgaradi, o’sma chegarasini aniqlab bo’lmaydi. O’smani yuzasi silliq, o’ydum-chuqur, mayda donali bo’lishi mumkin, bahzan o’sma sirtidan gulkaramni eslatadi.
O’sma kesib ko’rilganda, bahzida “baliq go’shti”ga o’xshagan bir jinsli to’qima ko’rinishida bo’lsa, ko’proq kesilgan o’sma yuzasida qon qo’yilganligi, nerkoz, distrofiya o’choq borligi uchun ola-bula ko’rinadi, shuningdek tolasimon tuzilishga ega bo’lishi ham mumkin. Bahzida ayrim bo’shliqlarda to’planadi. O’sma qaysi organ hujayralaridan kelib chiqsa, o’sha hujayralarga xos sekret ishlab chiqaradi. Ikkilamchi o’smalar (metastazlar) tashqi ko’rinishidan birlamchi o’smaga o’xshashi va umuman farq qilishi mumkin.
O’smalarni o’lchami har-xil bo’ladi, bu narsa uning qaysi to’qimadan kelib chiqqanligiga, o’sish tezligi va organizmga ko’rsatadigan tahsiridan kelib chiqadi.
O’smalarni konsistentsiyasi uning parenximasi bilan stroma o’rtasidagi nisbatga bog’liq bo’ladi. M: o’smada parenxima ulushi ko’p bo’lsa, uning konsistentsiyasi yumshoq bo’ladi, aksincha tog’ay va suyak to’qimasini o’smalari odatda zich bo’ladi.
O’smalar bitta organda asta-sekin kattalashib tugun xolatiga kelsa, bunday o’smani yakka yoki unitsentrik xolda yuzaga chiqqan o’sma deyiladi. Bahzan bitta yoki bir necha ahzoda bir qancha o’sma tugunlari paydo bo’lsa, ko’p yoki mulg’titsentrik tarzda xosil bo’lgan o’smalar deyiladi.
O’smalarni metastazlanishi limfogen, gemotagen, kontakt va perinevral tirqishlar orqali tarqaladi. Oldin jarroxlik yo’li bilan olib tashlangan o’sma o’rnida, yangitdan o’smani xosil bo’lishini retsidivlanish deyiladi.
Havfli o’smalar hech qachon havfsiz o’smaga aylanmaydi, aksincha havfsiz o’sma havfli o’smaga aylanishi mumkin. O’sma hujayralarni havfli tusga kirishini malignizatsiya deyiladi.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin