1. O’smalarni ximik moddalar bilan induktsiyalash 1775 yil London gospitalining xirurgi Persival Pott, kasbiy havfli o’sma, mo’ri tozalovchilarning moyak (moshonka) terisidagi rakni kuzatdi. Lekin buni hayvonlarda nushalashtirish, faqatgina 1916 yilda yapon olimlari Ishikava va Yamagivalar, olti oy mobaynida quyon terisini, ko’mirni yonishidan hosil bo’lgan (smola) qurum surkab va oxir-oqibat teri rakini chaqirdilar. Keyinchalik esa kantserogen moddalar toza holda ham olinishiga erishildi.
O’smalarni viruslar bilan induktsiyalash 1908 yili Ellerman va Banglar, tovuqga, leykozga uchragan leykotsitlardan olingan hujayrasiz infilg’trat yuborib, leykoz chaqirdi. 1910 yilda esa Raus tovuqdagi sarkomadan hujayrasiz infilg’trat olib, sog’lom tovuqda sarkoma chaqirdi. Ushbu tajribalardagi natijalar leykoz va o’smalar yuzaga chiqishida virus etiologiyasi mavjudligini tasdiqladi.
O’smalarni fizik omillar bilan induktsiyalash O’smalarni radiatsiya, rentgen nurlari, radiaktiv izotoplar va ulg’trabinafsha nurlar tahsirida ham chaqirish mumkin.
O’smalar eksplantatsiyasi Ushbu usul, o’sma kulg’turasini organizmdan tashqarida o’stirishga asoslangan. Bu usulni professor Timofeevskiy keng qo’llagan. O’sma kulg’turasi tirik organizmning o’sma hujayralaridan olingan.
O’smadan olingan, o’sma kulg’turasida ximik moddalar va onkoviruslar yordamida induktsiyalash imkoniyati ham tug’iladi.
O’smalar tranplantatsiyasi 1876 yil M.A.Novinskiy birinchi bo’lib, katta yoshdagi itning o’sma hujayralarini kuchukchaga ko’chirgan va shu bilan eksperimental onkologiyaga asos solgan.
Etiologiya O’smalarni keltirib chiqaruvchi omillar, normal hujayralarni o’sma hujayralariga aylantiruvchi omillarga aytiladi. Ularni kantserogen yoki blastomogen omillar deb yuritiladi.
Kantserogen omillar quyidagi xususiyatlarni namoyon qiladi.
1. Mutagen kantserogen moddalar to’g’ridan to’g’ri yoki bilvosita hujayra genomiga tahsir etib, ularda mutatsiya chaqiradi. Aynan ushbu hususiyatga uglevodorodlar, nitrozaminlar, radiatsiya, viruslar va boshqalar ega. Ximik kantserogen omillarning tahsiri nuklein kislotani, guanin qismi bilan o’zaro tahsiridan boshlanadi.
2. Kantserogen omillarni ichki va tashqi barherlar orqali bemalol o’ta oladi. Albatta, barcha kantserogen omillarda ushbu hususiyat bir xil emas, shundan ximik kantserogenlar orogovevayuo’iy epidermisdan o’ta olgandagina terida o’sma chaqiradi. Mahlumki, hujayra membranasi lipoproteinlardan tashkil topgan, shuning uchun, hujayra ichiga faqat yog’larni erituvchi kantserogenlargina kira oladi, m: uglevodorodlar.
3. Kantserogen dozaga bog’liq tahsir etadi, yahni dozani ortib borish bilan yuzaga chiquvchi buzilishlar intensivligi ham ortib boradi. Kantserogen dozani kamaytirish orqali quyidagilar aniqlanadi:
a) bo’sag’a osti kantserogen doza bo’lmaydi, balki oz dozalarda o’smaning yuzaga chiqish vaqti uzayadi xolos,
b) kantserogenlar tahsiri qaytmasdir
v)kantserogenlar tahsirining effekti summatsiyalanadi va ular kumulyatsiyalanadi.
4. Kantserogen moddalarni organotrop xususiyati bor, chunki barcha kantserogen moddalar hamma organlarda birday o’sma chaqirmaydi.
5. Kantserogen omillar tahsirida albatta immun reaktsiyalar va to’qima nafasining buzilishi kuzatiladi.
6. Bir necha kantserogen omillarning birgalikda organizmga tahsiridan o’sma yuzaga chiqishini tezlashadi (sinkantseregenez). Bahzida, kantserogen omil bevosita o’smani chaqirmaydi, balki boshqa kantserogen omillar tahsirini kuchaytiradi, bu holatni kokantserogenez deb atalsa, o’sma chaqiruvchi omilni kokantserogen deb yuritiladi.