Andijon 2013 ma’ruza №1 patofiziologiya faniga kirish, uning maqsadi va vazifalari. Etiologiya va patogenez, sanogenez reja


O’sma rivojlanishida organizmni roli



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə119/207
tarix12.10.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#154299
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   207
pat fiz lek Sharif Xoshimovich

5.O’sma rivojlanishida organizmni roli

O’sma, zararlangan to’qimaning umumiy tuzilishi va funktsiyalariga bog’liq bo’lmagan xolda, ularning faoliyatini idora etilishi buzilishidan, haddan tashqari to’qimalarni ko’payishi bilan kuzatiladigan, tipik patologik jarayonga aytiladi.


Normal hujayralarni bo’linishi buzilganda, o’sma hujayralariga aylanadi. Hosil bo’lgan yangi hujayralarning bo’linishini nazorat qiluvchi tizimlar, ularga umuman tahsir etmaydi yoki kamroq tahsir etadi, natijada ushbu hujayralar haddan ziyod ko’payib ketadi. Bundan tashqari, hujayrada “o’z-o’zidan” ko’payish va bo’linishni tahminlovchi stimullar paydo bo’ladi yahni autokrin mexanizm ishga tushadi.
O’sma to’qimasining o’ziga xosligi shundaki, u juda tez o’sadi va o’lim bilan tugaydi.
O’sma “o’z-o’zidan” ko’payadi, hattoki birgina malignizatsiyalashgan hujayra ham bu holatda yetarli bo’ladi. O’sma to’qimasi o’zining kelib chiqqan to’qimadan strukturaviy, biokimyoviy, fizikaviy, kimyoviy parametrlari bo’yicha keskin farqlanadi. Bu o’zgarishlar anaplaziyani namoyon qiladi, yahni organizm embrional holatga qaytadi. SHu bilan birga metaplaziya holati xam kuzatiladi, yahni organizm uchun yot boshqa to’qima xususiyatlarini namoyon qiladi.
O’smalarning o’sishi ekspansiv va infilg’trativ tarzda kechadi. O’smalar ekspansiv tarzda o’sganda sog’lom to’qimalarni har tomonga siqadi, infilg’trativ tarzda o’sganda esa, normal hujayralar orasidan o’sib kiradi va qon limfa tomirlarni teshib o’tadi, natijada boshqa organlarga ham o’sma hujayralari yetib boradi.
Ekspansiv o’sish havfli bo’lmagan o’smalarda kuzatilsa, infilg’trativ o’sish esa havfli o’smalarda kuzatiladi.
O’smalarni eksperimental nusxalashtirish
O’sma kasalliklari qadimdan mahlum bo’lishiga qaramay, uni eksperimental nushalashtirish imkoniyati yaqin davrlargacha bo’lmagan. SHundan, ushbu patologik jarayonni nushalashtirish XX-asr tibbiyotini eng katta yutuqlaridan biridir.
O’smani nusxalashtirish, uning kelib chiqish sabablarini, patogenezini tushinishga hamda ularni profilaktika va davolash usullarini ishlab chiqishga yordam beradi.
Modellashtirishni uchta, induktsiya, ekplantatsiya va transplantatsiya usullari mavjud.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin