Siydik kislotasini hosil bo’lishi va ajralishini buzilishi Siydik kislota, nuklein kislota tarkibiga kiruvchi, purin asoslari almashinuvida hosil bo’ladigan oxirgi mahsulotdir. Uning hosil bo’lishi va ajralishi buyrak kasalliklari va leykozda yuzaga chiqadi. Bunday buzilishlar, ayniqsa podagrada yaqqol namoyon bo’ladi. Podagra qadimdan mahlum, birinchi bo’lib Gippokrat tomonidan ehtirof etilgan. Kasallikni o’rganish 1860 yilda Garrod tomonidan boshlangan, chunki u ushbu kasallik bilan og’rigan. Bunday bemorlar qonida siydik kislotasi miqdori ortib ketadi (giperurikemiya). Ushbu kasallikda, inson organizmida o’zgaruvchan omillar tahsirida, erigan holdagi siydik kislotasi ko’payib ketadi. Ko’maklashuvchi omillar sifatida, puringa boy ovqatlarni ko’p istehmol qilish (vino va pivo bilan go’sht mahsulotlarini ko’p yeyish), organizmga ko’p miqdorda molibdenni kirishi, chunki uning tarkibida ksantioksidaza fermenti bo’lib, u ksantinni gipoksantinga aylantiradi, so’ngra undan siydik kislotasi hosil bo’ladi, jins va yosh ham ehtiborga olinadi.
Qonda siydik kislotasi miqdori ortib ketish mexanizmi yaxshi o’rganilmagan. Asosan, buyrak faoliyatini buzilishi, hamda siydik kislotasini glitserin va boshqa o’tmishdoshlardan ko’p miqdorda hosil bo’lishi yotadi. Giperurekemiya, tog’ay va bo’g’imlarda siydik kislotasi tuzini to’planishiga olib keladi. Tuz to’planishi, o’tkir podagra yallig’lanishini chaqiradi, bu holat og’riq, isitma, yana allergik ko’rinishlar bilan birga ketadi, nihoyat kasallik bo’g’imlar deformatsiyasi bilan tugashi mumkin.
Qonda oqsillarni miqdoriy va sifatiy o’zgarishlari barcha patologik jarayonlarda kuzatiladi. Ular giper, gipo va disprteinemiya ko’rinishida namoyon bo’ladi.
MAHRUZA №16
O’SMA PATOFIZIOLOGIYaSI
REJA:
1.O’sma patofiziologiyasi haqida tushuncha 2.O’smalarni eksperimental nushalashtirish 3.O’sma etiologiyasi 4.O’sma patogenezi