Andijon 2013 ma’ruza №1 patofiziologiya faniga kirish, uning maqsadi va vazifalari. Etiologiya va patogenez, sanogenez reja



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə30/207
tarix12.10.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#154299
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   207
pat fiz lek Sharif Xoshimovich

Reaktivlikning sinflanishi
Nisbatan keng tarqalgan turga xos bo’lgan reaktivlik yoki biologik reaktivlik hisoblanadi, bu reaktivlik irsiy omillarga asoslanib, shu turga taaluqli barcha vakillarni o’zgaruvchan tashqi muxitga hayot faoliyatini o’zgartirib moslashtiradi. Ushbu reaktivlikni birlamchi reaktivlik ham deb ataydilar.
Turga xos bo’lgan reaktivlik, infektsion kasalliklarga xos bo’lgan immunitetni yuzaga chiqishida muhim rolg’ o’ynaydi. Hayvonlar vabosiga insonlar chalinmaydi. Turga xos bo’lgan reaktivlikni o’zgarishi bu hayvonlarni qishki uyqusi, qushlar va baliqlarni mavsumiy migratsiyasi. M: qishki uyquda, MNT aktivligi, endokrin va MA pasayishi va tana haroratini 3-40gacha tushib ketishi kuzatiladi.
Turga xos bo’lgan reaktivlik, turni saqlab qolishga qaratilgan bo’lib, turli tiplar uchun alohida o’ziga xoslik bilan ro’y beradi.
Turga xos bo’lgan reaktivlik asosida guruxga va individual reaktivlik shakllanadi.
Guruxga xos reaktivlikni irsiy-konstitutsial jihatdan o’xshash insonlar namoyon qiladi. M: Qon guruxi bir xil, leykotsitar antigenlari o’xshash insonlar. Hammaga mahlumki I-guruxga mansub insonlar oshqozon yarasi bilan ko’proq og’risa, HLA-V8 antigeni bor insonlar qandli diabet bilan ko’proq og’riydi.
Individual reaktivlik – irsiy va orttirilgan omillar tahsirida shakllanadi. Individual reaktivlik shakllanishida ovqatlanish harakteri, iqlim, havodagi O2 miqdori, yashash hamda mehnat tarzi va boshqalar muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari, reaktivlikni shakllanishi jinsga ham bog’liq. M: ayollarda hayz tsikli va homiladorlikda reaktivlik o’zgaradi. SHuni tahkidlash lozimki, ayol organizmi gipoksiyaga, qon yo’qotishga, radial tezlashishga, ochlikka erkaklarga nisbatan chidamliroq bo’ladi.
Reaktivlikni shakllanishida yosh ham muhim rolg’ o’ynaydi, yosh bolalarda nerv, endokrin, immun va ichki organlar hali to’la shakllanmaganligi sababli reaktivlik past darajada namoyon bo’ladi.
Insonlarni barkamol yoshida reaktivlik juda yuqori bo’ladi, yosh o’tgan sari u pasayib boradi. M: qari odamlar infektsion, o’pka va boshqa kasalliklarga juda chalinuvchan bo’ladi. Bu asosan immun va barg’er funktsiyalarni pasayishi bilan tushuntiriladi.
Individual reaktivlik spetsifik va nospetsifik ko’rinishlarga bo’linadi.
Spetsifik reaktivlik organizmga tushgan antigenlarga javoban antitelalar hosil bo’lishi bilan shakllanadi va immunitet yuzaga chiqishi bilan yakunlanadi.
Nospetsifik reaktivlik organizmga turli tashqi muhit omillari tahsir etilganda yuzaga chiqadi. Bu holat stress, nerv tizimini funktsional o’zgarishi, parabioz, fagotsitoz va barg’erlar faoliyatini o’zgarishi bilan namoyon bo’ladi.
Spetsifik va nospetsifik reaktivliklarni fiziologik, hamda patologik ko’rinishlari tafovut qilinadi.
Fiziologik reaktivlik normal tashqi muhit sharoitida organizmni normal yashash tarzini (spetsifik fiziologik) tahminlaydi. Immunitetni hosil bo’lishi misol bo’ladi. Agar tashqi muhit omillariga organizmni o’z ichki muhitini o’zgartirmasdan javob qaytara olsa, bunda nospetsifik fiziologik reaktivlik yuza chiqadi.
Patologik reaktivlik patogen tashqi omillar organizmga tahsir etilganda yuzaga chiqadi, u fiziologik reaktivlikdan sifat jihatidan keskin farqlanib, bunda organizmni moslashuv reaktsiyalari mahlum darajada ishga tushadi.
Spetsifik patologik reaktivlikka allergiya, immundefitsit va immundepressiv holatlar misol bo’la oladi.
Nospetsifik patologik reaktivlik travmatik shok, narkoz, infektsiya va boshqa og’riq chaqiruvchi tahsirlarga fagotsitoz va organizmni sezuvchanligini pasayishi, yahni reaktivlikni keskin o’zgarishi bilan namoyon bo’ladi.
Reaktivlik namoyon bo’lishiga ko’ra: giperergik, gipoergik, dizergik reaktivlikni tafovut etadi.
Organizmni turli qismlaridagi reaktivliklar. Yuqorida aytganimizdek, reaktivlik irsiy, organizmni konstitutsion tipi, nerv tizimi shakllanish darajasi, endokrin va immun tizimlariga bog’liq holda shakllanib, organizmni butun tizimlarini umumiy xossasiga aylangan.
Reaktivlikni subhujayra darajasidan boshlasak misol: o’roqsimon anemiyada HBS bo’lishi, organizmda gipoksiyani yomon o’tkazishi bilan tushuntiriladi, bu xolatda gemoglobini erishi, so’ngra kristallarni hosil bo’lishi, bu esa eritrotsitlarni parchalanishi bilan yakun topadi.
Hujayra reaktivligi uning membranasidagi jarayonlar bilan bog’liq, chunki bu yerda tashqi muhit bilan aloqa o’rnatiladi (oqsillar, ion kanallarni faol buzilishi).
Reaktivlikni organ, ahzolar doirasida ham kuzatish mumkin, masalan: u yoki bu tahsirlovchilar tahsirida organlar faoliyati o’zgarishi mumkin.
M: yurak ritmini o’zgarishini issiq yoki sovuq, atsetilxolin yoki adrenilin tahsirida chaqirish mumkin. Yurak qon-tomir tizimida yurakda nuqson bo’lsa, bu tizimda yuz bergan o’zgarishlar organizmni faoliyatini butunlay o’zgarishiga olib keladi.
Organizmga bir necha omillar bir vaqtda berilsa, biriga ko’proq, biriga pastroq reaktsiya bilan javob qaytaradi, oxir-oqibat ular tenglashadi. Bunga juda ko’p misollar keltirish mumkin. M: gipoksiya, organizm qizib turganda, o’lim dozasida yuborilgan strinnin tahsirida sichqonda o’lim kuzatilmaydi, buning mexanizmida organizm, birinchi tahsirlovchilar bilan band bo’lib qolishi bilan tushuntiriladi.
Rezistentlik organizmni patogen omillarga chidamliligini harakterlaydigan termindir.
Reaktivlik va rezistentlik bir-biri bilan chambarchas bog’liq, ular birgalikda organizmni muhim xususiyatini tahminlab beradi.
Rezistentlik aktiv va passiv bo’ladi. Passiv rezistentlik organizmni anatomo-fiziologik xususiyatlariga bog’liq rezistentlik bo’lib, teri, shilliq qavat, suyak to’qimasi, hayvonlarda maxsus qobiqlarni funktsional holati bilan harakterlanadi.
Aktiv rezistentlik esa organizm tomonidan himoya-moslashuv mexanizmlarini ishga tushishi bilan namoyon bo’ladi. M: gipoksiya paytida o’pka ventilyatsiyani kuchayishi, qon oqishini tezlashuvi, qonda eritrotsit va gemoglobinni ko’payishi yoki infektsiya paytida antitelolarni hosil bo’lishi, hamda fagotsitozni aktivlashuvi bilan tushintiriladi. Irsiy (birlamchi) va ortirilgan (ikkilamchi) rezistentlik tafovutlanadi.
Ortirilgan aktiv rezistentlik gipoksiyaga nisbatan akklimitizatsiya yoki vaktsinadan keyin infektsiyaga chidamliligini kuchayishi misol bo’ladi.
Ortirilgan passiv rezistentlik organizmga antitela ushlovchi zardob yuborganimizda ro’y beradi.
Odatda reaktivlik bilan rezistentlik bir tomonlama yo’nalishda o’zgaradi, bir xil yo’nalish bo’lmasligi ham mumkin, bahzida bir tahsirotga reaktivlik kuchaysa, rezistentlik kamayadi.
Bundan tashqari, nospetsifik rezistentlik ko’plab omillarga, spetsifik rezistentlik faqat bir omil tahsiriga yuzaga chiqadi.
Reaktivlikni barcha tirik organizmlarda kuzatamiz, lekin ularni darajasi turlicha. Reaktivlik ham evolyutsion rivojlanishda shakllanadi. Agar organizm filogenetik jihatdan yuqori bo’lsa, reaktivlikning mukammalligi ham yuqori bo’ladi. M: sodda va umurtqasiz hayvonlarda, birlamchi reaktivlik deyarli shakllanmaydi, immun reaktivlik to’g’risida gap bo’lishi mumkin emas.
Umumrtqalilarda esa reaktivlikni barcha yuqori ko’rinishlari shakllangan bo’ladi. Reaktivlikni shakllanishi bilan birgalikda organizmda tashqi muhit omillariga moslashuv jarayoni ketadi. M: O2 yetishmovchiligiga, temperaturani o’zgarishi va x.k.z. Sovuqqonliklarda sunhiy ravishda tana harorati ko’tarilsa ularda immunologik reaktivlik ortadi.
Baliqlarda komplement tizim va antitela hosil bo’ladi, lekin allergiya kuzatilmaydi.
Issiqqonlilar kuchli reaktivlik xususiyatini namoyon qiladi, bu metobolitik jarayonlar, hamda nerv, endokrin tizimlarni yuqori darajada rivojlanganligi bilan tushuntiriladi. Issiqqonliklarda barcha tashqi muhit omillarga javoban reaktivlikni yuqori bo’lishi bilan ajralib turadi, faqat ularga autoallergiya xosdir. Yallig’lanishni barcha elementlari yuzaga keladi.
Issiqqonlilar mikroorganizm va ularning toksinlarini terlash, yo’talish va chuchkirish orqali chiqarib yuborsa, organizmdagi ko’plab sekret, shu jumladan qon bakteretsid xususiyatiga ega bo’ladi.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin