Immunologik reaktivlik Insonlarda immun tizimi markaziy (ilik, ayrisimon bez va qushlarda fabritsiya sumkasi, insonlarda uning anologi) periferik (qora taloq, limfa tuguni, hazm traktini limfa to’qimasi, bodomsimon bez) bo’linadi, bundan tashqari qondagi limfotsitlar ham immunotsitlar bo’lib hisoblanadi.
Immun tizimning organizmdagi asosiy funktsiyasi antigen gomeostazini ushlab turishdan iborat. Immun tizimni roli organizmda infektsion va noinfektsion antigenlarni bog’lab, uni zararlantirishdan iborat bo’ladi, shu yo’l bilan himoya funktsiyasini amalga oshiriladi.
Immunologik reaktivlikni immun tizim ro’yobga chiqaradi, bunda organizmga tushgan yot antigenlarga qarshi hujayraviy va gumoral immun reaktsiyalar yuzaga chiqadi.
Bu holat 2 turdagi immunotsitlar yordamida amalga oshiriladi: T-limfotsitlar bevosita organizmga tushgan antigenlarga javoban hujayraviy immun reaktsiyalarni yuzaga chaqirsa, antigenlar tahsirida V-limfotsitlar plazmatik hujayralarga aylanadi, so’ngra ushbu hujayralar immunoglobulinlar sintez qiladi, natijada gumoral immunitet yuzaga chiqadi.
Immun tizimni faoliyati buzilishining umumiy qonuniyatlari Immun tizim hujayralari doimiy tarzda ko’payib turadi, shu bilan birga mutagen, kantserogen, tsitostatik omillarga juda sezuvchan bo’ladi.
Immun tizimi faoliyati buzilganda, organlar patologiyasida, o’zak hujayralar genetik apparatida defekt bo’lganda, ayrisimon bez gormonlari yoki boshqa endokrin bez gormonlari yetarli ishlab chiqarilmasa immunotsitlar funktsiyasi va ularning shakllanishi buziladi.
Immun tizimni hujayralari aslida spetsifik antigen bo’lib hisoblanadi, shuning uchun, organizmda immun va autoimmun shikastlanishlar chaqiradi.
Immun tizim holatiga umumiy harakteristika berganda undagi patologik jarayonlar kechishini quyidagi formalarini tafovut etish mumkin.
Immun tizimni funktsiyasini buzilishi, antigenga qarshi javob reaktsiyasini harakteri va intensivligini o’zgarishiga qarab giperfunktsiya, disfunktsiya, gipofunktsiya, organizmni antigenlarga qarshi tolerantlikni o’zgarishi ko’rinishida namoyon bo’ladi.
Immun tizimni giperfunktsiyasida stimullovchi antigenlar tahsirida, ushbu tizimni zo’riqishi kelib chiqadi. U yoki bu antigenga qarshi irsiy tarzda antitela sintezini kuchayishidan kelib chiqishi mumkin. Immun tizimni zo’riqishi immun tizimni ichki tormozlovchi omillar tahsir yo’qolgandan, yahni supressorlar funktsiyasi pasaygandan, hamda gipotalamo-gipofizar-buyrak usti bezi tizimi funktsiyasi pasayishidan ishlab chiqishi mumkin.
Immun tizim giperfunktsiyasida immunkomponent to’qimadan o’sma hujayralarni hosil bo’lishi muhim rolg’ o’ynaydi, o’sma hujayralarni sintezi va ko’payishiga nazorat buzilganligidan bir xildagi immunglobulinlar ko’payib hujayralar soni keskin ortib ketadi.
Immun tizim giperfunktsiyasida organizmda allergik reaktsiyalar uchun shart-sharoit tug’iladi.
Immun tizimni disfunktsiyasi T-limfotsitlar funktsiyasi pasayganda yuzaga chiqadi, organizm virus va zamburug’ infektsiyalarga chidamliligi keskin pasayib ketadi.
Bunday bemorlarda T-supressorlarni sintezini pasayishidan, V-limfotsitlar reaktsiyasi, shundan gumoral antitelalar asosan Zg, E sintezi kuchayib ketadi, bu esa infektsion agentlarga allergik reaktsiyalarni rivojlanishiga olib keladi (bronxial astma).
Agar bemorlarga T-limfotsitlarni stimullovchi preparat yuborilsa (levamizol) infektsion jarayonni to’xtatish mumkin. Disfunktsiya doim gipofunktsiya bilan birga keladi.
Immun tizimni gipofunktsiya eng ko’p uchraydigan turi bo’lib, u irsiy (immunodefitsit) va ortirilgan (immunodepressiv) kasalliklar keltirib chiqaradi.