Andijon 2013 ma’ruza №1 patofiziologiya faniga kirish, uning maqsadi va vazifalari. Etiologiya va patogenez, sanogenez reja


Immunnotsitlar disfunktsiyasi bog’liq immunodefitsit xolatlar



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə34/207
tarix12.10.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#154299
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   207
pat fiz lek Sharif Xoshimovich

Immunnotsitlar disfunktsiyasi bog’liq immunodefitsit xolatlar
Ushbu xolatlarda ayrim immunoglobulinlar sintezi ortishi, ayrimlarini esa keskin kamayishi bilan harakterlanadi.
Kombinatsiyalangan immunodefitsit kasalliklari
1. Immunodefitsitni SHveytsarskiya tipi
Kasallik autosom retsessiv yo’l bilan o’tadi, limfotsitopeniya va gipogammaglobulinemiya ko’rinishida namoyon bo’ladi. Ushbu kasallikni kelib chiqishida, ayrisimon bezni patologiyasi yotadi, bunda uning miya va po’stloq qismi differensatsiyalashmaydi.
2. Ataksiya va teleangioektoziya bilan kechuvchi immudefitsit xolat (Lui-Bar sindromi)
3. Trombotsitopeniya va ekzema bilan kechuvchi immunodefitsit xolat (Viskott-Oldrich sindromi).
Ushbu irsiy kasallik bilan asosan o’g’il bolalar 10 yoshgacha og’riydi. Avval T-limfotsitlar, so’ngra V-limfotsitlarga bog’liq ZgM, ZgA, ZgG lar sintezi buziladi.
Immunodepressiv kasalliklar ortirilgan bo’lib, ko’plab omillar tahsirida yuzaga keladi. Immun tizim faoliyatini buzilishi ko’plab tizimlar bilan bog’liq m: fagotsitoz, komplement tizim va fermentativ jarayonlarni buzilishi muhim rolg’ o’ynaydi.
MAHRUZA №7


ALLERGIK REAKTSIYaLAR


REJA:



  1. Allergiya haqida tushuncha

  2. Allergiya etiologiyasi

  3. Allergiya patogenezi

  4. Allergik reaktsiyani immunologik bosqichi

  5. Allergik reaktsiyani bioximik bosqichi

  6. Allergik reaktsiyani patofiziologik bosqichi

  7. Allergik reaktsiyalarga tahsir etuvchi immunoglobulinlar

  8. Allergik reaktsiyalarni rivojlanish mexanizmi

Allergiya (grekchadan – boshqacha tahsir) degan mahnoni anglatadi. Organizmni antigen tabiatli moddalarga yallig’lanish, bronx muskullarini spazmi, nekroz, shok va boshqa o’zgarishlar bilan namoyon bo’luvchi sifat jihatdan o’zgargan reaktsiyasi tushuniladi.


Boshqacha aytganda, allergiya bu organizmda gumoral va hujayraviy immunologik reaktsiyalar bilan kechuvchi kompleks buzilishlar majmuasidir.
Allergiya deb, tashqi muhitni turli tahsirlari natijasida organizmni o’ta sezuvchanligini ortishi bilan boradigan reaktivlikni bir ko’rinishiga aytiladi (Ado).
Organizmda allergik xolatlarni miqdor va sifat jihatidan o’zgarishini turli atamalar bilan tahriflanadi.
Ado allergik reaktsiyalarni quyidagicha tabaqaladi:

  1. chin va soxta

  2. ximergik va kitergik

  3. umumiy va mahalliy

Soxta allergik reaktsiyalar tashqi belgilari bilan chinga o’xshaydiyu, uning rivojlanishida antigen+antitana bo’lmaydi, m: SHvartsman fenomeni.
CHin allergik reaktsiyalarni rivojlanishida antigen+antitana reaktsiyasi yotadi. Antigen + antitana komplekslari qaerda joylashganiga qarab: ximergik va kitergikka bo’linadi.
Ximergik allergik reaktsiyalarda antigen+antitana kompleksi organizmdagi biologik suyuqliklarda bo’ladi, ushbu allergik reaktsiyani rivojlanishida ximergik mediatorlarni tahsiri muhim rolg’ o’ynvydi.
Kitergik allergik reaktsiyalarda antigen+antitana kompleksi hujayra satxida hosil bo’ladi.
Ximergik va kitergik allergik reaktsiyalarda patologik jarayonni qaerda joylashganligiga qarag’: umumiy va mahalliy bo’ladi.
Ximergik umumiy allergik reaktsiyalarga anafilaktik shok kirsa, mahalliyga Artyus, Overi fenomenlari, Kvinke shishi kiradi.
Kitergik umumiy allergik reaktsiyalarga esa kolagenozlar misol bo’lsa, mahalliyga tuberkulin sinamasi kiradi.


Etiologiya
Allergiyani antigenlik hususiyatiga ega bo’lgan, organizmda gumoral va hujayra tipidagi immunologik reaktsiya chaqiruvchi moddalar chaqiradi.



Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin