Passiv sinsibilizatsiya immunlashmagan organizmga gumoral antitela va immunotsitlar yuborish yo’li bilan chaqiriladi, ushbu antitela va immunotsitlar immunlashgan organizmdan olinadi. Reaktsiya yuzaga chiqishi uchun bir necha soat zarur bo’ladi, chunki bu vaqtda tayyor antitelalar organizmda tarqaladi, hujayra va to’qimalarda fiksatsiyalanadi.
Immunologik bosqichda allergik reaktsiyalarni 2 turi tafovutlanadi: tezkor va sekin allergik reaktsiyalar.
Tezkor allergik reaktsiyalarda gumoral antitelalar organizmda tezda to’qima va organlarga suyuqliklar orqali tarqaladi, antigen qayta yuborilganda, darhol antigen –antitela reaktsiyasini chaqiradi.
T-limfotsitlar sintez qilinganda, asosan sekin allergik reaktsiyalar yuzaga chiqadi, hujayra tipi deb ham yuritiladi. Uning belgilari bir necha soatdan so’ng kuzatilib, ikkinchi kuni kuchayadi.
Allergik reaktsiya ham V-limfotsitlar, ham T-limfotsitlar ishtirok etishi mumkin, buni aralash allergik reaktsiya deb yuritiladi.
Allergik reaktsiyalar harakteriga quyidagi o’ziga xos immunoglobulinlar tahsir etadi Komplement tizimni bog’lab olish qobiliyati JgM juda yaxshi, JgG esa sal pastroq kuzatiladi.
To’qimalarga kirish hususiyati, JgMda kuchsizroq, JgE, JgD kuchli namoyon bo’ladi.
Pretsipitatsiya qilish xususiyati JgM, JgG kuchli, JgE esa pretsipitatsiya qilmaydi. Lekin, pretsipitatsiya, agglyutinatsiya, flokkulyatsiya xususiyatlari na faqat immunoglobulinlarga bog’liq, balki antigenlarga ham bog’liq bo’ladi, shuning uchun, ayrim antigenlar bilan hattoki JgA ham pretsipitatsiya reaktsiyasini chaqirish mumkin.
SHilimshiq va shiraga kira olish qobiliyati asosan JgA kuchli namoyon bo’ladi. JgG ham shunday qobiliyatiga ega bo’lishi mumkin.
Platsentga kira olish qobiliyati faqat JgGga xos, bu muhim ahamiyatga ega, bir tomondan homilada immunitetni induktsiyalash bo’lsa, ikkinchi tomondan ona bilan bola o’rtasidagi immun konfliktni, hamda chaqaloqlarda allergiyani yuzaga chiqarishida muhim ahamiyatga ega.