Andijon 2013 ma’ruza №1 patofiziologiya faniga kirish, uning maqsadi va vazifalari. Etiologiya va patogenez, sanogenez reja


-fazada hujayra organellalari turli darajada degradatsiyaga uchraydi. Mitoxondriya



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə27/207
tarix12.10.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#154299
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   207
pat fiz lek Sharif Xoshimovich

2-fazada hujayra organellalari turli darajada degradatsiyaga uchraydi.
Mitoxondriyaning matriksida Sa+2 ko’p to’planadi, O2 kam bo’lganligi uchun ADF ko’payib ketadi, fosforlanish buzilganligi uchun mitoxondriyada kondentsatsiya holati kuzatiladi. Mitoxondriyani ichki membranasini o’tkazuvchanligi ortib ketadi, natijada matriksda Na+2 va suv to’planadi, mitoxondriyaning hajmi ortib ketadi.
RN ni kamayib ketishidan, undagi oqsillarni denaturatsiyasiga olib keladi, Sa+2 ushlovchi mayda xlopg’elar hosil bo’ladi.
Ushbu fazada endoplazmatik retikulum membranasida hech qanday strukturaviy o’zgarishlar ro’y bermaydi, lekin membranasini o’tkazuvchanligi ortib ketadi.
TSitoplazmatik membrana uzoq vaqt o’z formasini ushlab turadi. Lekin ATF kam bo’lganligi uchun “mikrofibrilalar” funktsiyasi buziladi, yahni ular qisqargan holga kelib qoladi, buning natijasida membrana ochiladi. ATF yetishmasligidan membranada ATF faza fermenti aktivligi pasayadi, bu esa membrana o’tkazuvchanligini ortishiga olib keladi.
Hujayra yadrosida xromatinni qayta taqsimlanishi buziladi.
Ushbu fazada lizosomada hech qanday strukturaviy o’zgarishlar ro’y bermaydi, shakli o’zgarmaydi lizosomal fermentlar hujayra tsitoplazmasiga chiqmaydi.
3- qaytmaydigan o’zgarishlar fazada hujayra strukturaviy va metobolitik o’zgarishlar boshlanadi. Hujayra mustaqil hayot kechira olmaydi, u erkin energiya hosil qilmaydi, organizm ichki muhiti doimiyligini ushlay ololmaydi, bu vaqtga kelib organizmda katobolizm jarayonlari ustun turadi.
Hujayra ichi va hujayralar aro bo’shliqda ionlar kontsentratsiyasi tenglashadi. Hujayradan ionlar bilan birga oqsillar va fermentlar chiqib ketadi, bu hujayra ichi gomeostazini batamom buzilishiga olib keladi.
Barcha mitoxondriyalar bukib, ATF sintezi keskin buziladi, lekin nafas fermentlarini aktivligi hali saqlanishi mumkin.
Bu vaqtda ribosoma, tsitoplazmatik membrana va lizosomalarda ham kuchli o’zgarishlar ketadi.
4-fazada hujayralarni kuchli dezintegratsiyasi ro’y beradi, yangi morfologik hosilalar paydo bo’ladi.
Ushbu fazada progressiv tarzda DNK, RNK va oqsillar parchalanishi kuzatiladi, bu esa nordon erigan fosfat va aminokislotalar hosil bo’lishiga olib keladi. Nordon lizosomal fermentlar chiqib, yadro strukturasini parchalaydi va 2-3 kun davomida nekroz kelib chiqadi.
Hujayra zararlanganda juda ko’plab himoya-moslashuv reaktsiyalar ishga tushadi, ularni ikki guruxga bo’lish lozim:


  1. Yüklə 0,71 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin