Hujayra shikastlanishini atsidotik mexanizmi Ushbu mexanizm asosida hujayra ichida vodorod ionlarini ko’payishi, yahni hujayraichi atsidozi yotadi.
Hujayraichi atsidoziga quyidagilar olib keladi: a) hujayra tashqarisidagi muhitdan hujayra ichiga ko’p miqdorda N2 ionlari kirish, bu xolat organizmda kislota-ishqor muvozanati buzilganda kelib chiqadi (kompensatsiyalashmagan gazli, gazsiz atsidoz)
b) xujayrada ko’plab kislotali maxsulotlar hosil bo’lganda
v) vodorod ionlarini bog’lovchi hujayraichi bufertizimini faoliyati buzilganda
g) Na+, N+ - almashinuv mexanizm buzilganda hamda, N+ ni hujayradan chiqishi buzilganda.
Hujayra ichida N+ ionlarini ko’p bo’lishi qator o’zgarishlarni chaqiradi: a) hujayra oqsillarining xususiyati o’zgaradi
b) lizosomal fermentlar aktivlashadi
v) hujayra lipid qavatini xolati o’zgarishidan uning o’tkazuvchanligi keskin ortib ketadi.
Hujayra shikastlanishini proteinli mexanizmi Ushbu mexanizm o’z ichiga a) qaytar va qaytmas tarzdagi fermentlarni ingibirlanishi
b) oqsillar denaturatsiyasi
v) pizosomal fermentlar (katepsinlar) tahsiridagi proteolizni o’z ichiga oladi.
Hujayra shikastlanishini nuklein kislotalarga bog’liq mexanizm Ushbu mexanizm o’z ichiga uch xil jarayonlarni oladi: DNK replikatsiyasi, transkriptsiyasi, translyatsiyasi.
Hujayra shikastlanishini quyidagi etaplarda ketadi: Boshlang’ich o’zgarishlar faza
Qaytadigan o’zgarishlar faza
Qaytmaydigan o’zgarishlar faza
Nekroz yuzaga chiqish faza
1-fazada fiziologik sharoitlarda O2 diffuziya yo’li bilan mitoxondriya ichiga bemalol kira oladi, natijada elektronlar transport tizimida elektron oxirgi aktseptoriga aylanadi, buni nafas zanjiri deb ham ataladi. Bu zanjirda mitoxondriyani ichki membranasi orqali protonlarni vektor siljishi yuz beradi.