Ion nurlarini inson organizmiga tahsiri Ionlar nurlari, yuqori energiya ega bo’lib, organizmga kirib, o’sha joyni ionizatsiyalaydi.
Ion nurlarini tahsir etish mexanizmida radiatsion, fizik-kimyoviy va bioximik hodisalar yotadi. Ion nurlari molekulalar ichiga kirib, ularni ionizatsiyalaydi va qo’zg’atadi, mahkam bog’larni parchalaydi, natijada ulardan erkin radikallar ajralib chiqadi, bunday ion nurlarini tahsirni bevosita tahsir deb ataymiz.
Bilvosita ion nurlari tahsirida, bevosita ion nurlari tahsir etilgan davrda molekulalarni ionizatsiyasi natijasida hosil bo’lgan moddalar, yuqori biologik aktivlikka ega bo’lganligi uchun, ionizatsiyaga uchramagan molekulalarni ionizatsiyalaydi.
Eng muhim radioximik o’zgarishlar sifatida suvni radiolizini ko’rsatish mumkin, bu esa asosiy erituvchi bo’lib, organizmni 65-70%ni tashkil qiladi.
Suvni ionizatsiyasi tufayli, erkin N+, ON+ radikallari hosil bo’ladi, ular esa qo’zg’algan suv molekulasi bilan o’zaro birikadilar, natijada vodorod perekisi, gidroperoksid radikali, atomar O2 va x.k. xosil bo’ladi.
Ushbu hosil bo’lgan radikallar oqsil va fermentlar bilan bog’lanadi va ularni zararlaydi. Erkin radikallar DNK kimyoviy tuzilishiga ham tahsir etadi.
Ion nurlari: 1. Hujayrani genetik apparatiga
2. Barcha hujayra organoidlarini zararlaydi
3. Qon hosil qilish tizimiga
4. Limfa to’qimasiga
5. Organizmni immunobiologik xususiyatiga yomon tahsir
ko’rsatadi
6. Tashqi va ichki qon yo’qotish kuzatiladi, yahni gemorragik
sindrom chaqiradi
7. Nerv, endokrin, oshqozon-ichak trakti tizimlarisalbiy
tahsir etadi.
O’tkir nur kasalligi Ushbu kasallikning kechish darajasi, rivojlanish tezligi va kasallikni tugashi organizmni qancha dozada nurlanganiga bog’liq bo’lib, bir necha formalari tafovut qilinadi:
TSerebral formasi. O’tkir nur kasallikni ushbu formasida, o’lim organizmni nur olayotganda yoki bir necha soat ichida ro’y beradi. Radiatsion nurlar MNTda qaytarib bo’lmaydigan o’zgarishlar chaqiradi. Bu asosan bosh miya va gipotalamusni zararlanishi bilan bog’liq bo’ladi, bu esa paralitik sindrom, qon-tomirlar tonusini pasayishi va termoregulyatsiyani buzilishi bilan namoyon bo’ladi.
Ichak formasi. Nur kasallikni ushbu formasida ichak epiteliysida mitotik bo’linish to’xtaydi, ko’p miqdorda o’ladi, organizmdan oqsil, elektrolitlar, suv yo’qotiladi, ichakni shilliq qavati yalong’och bo’lib qoladi, natijada infektsiya kirishi uchun qulay sharoit yaratiladi, bundan tashqari, toksik moddalar tahsirida shok holatiga ham tushishi mumkin.
Klinik kartinasida qayd qilish, anoreksiya, holsizlanish, tana haroratini ortishi, axlatda qon bo’lishi, ichaklarda og’riq va paralitik ichak tutilishi kuzatiladi, ichak devorini barg’er funktsiyasi buzilishi hisobiga peritonit kelib chiqishi mumkin.