Yuqori atmosfera bosimini organizmga tahsiri Bu holatni inson suvga, yahni chuqurlikka tushganda xis qiladi.
Insonlarda nog’ora pardani ezilishi hisobiga quloqda og’riq hamda o’pka alg’veolarini yorilishini kuzatilish. Bu yerda qiziq narsa shuki, bosimni keskin ko’tarilishi hisobiga qon va boshqa to’qimalarda qo’shimcha tarzda gazlar eriydi, bu holatni saturatsiya deb yuritiladi.
Yaqin davrlargacha, yuqori bosim sharoitida azotni tahsirini eng kam deb o’ylaganlar, yahni inert gaz sifatida, organizmda aytarli biologik tahsir chaqirmaydi deb hisoblaganlar. Aslida esa, qaysi to’qimada yog’ bo’lsa, o’sha joyda ko’p to’planar ekan. MNTda juda ko’p lipidlar bor, shuning uchun birinchilardan MNS zararlanadi. Avvaliga biroz qo’zg’alish, eyforiya (glubinnqy vostorg). Keyinchalik organizmni narkoz ostidagi holat o’xshash va intoksikatsiya kuzatiladi. SHu narsalarni oldini olish maqsadida nafas havosiga geliy aralashmasi qo’shiladi.
Yuqori bosimda faqat azot emas, balki ortiqcha miqdordagi O2 ham organizmga toksin sifatida tahsir etadi (giperoksiya).
Organizmga O2 toksik tahsiri quyidagicha ro’y beradi.
Organizmni asosiy maqsadi, bosh miyani O2 bilan optimal tarzda qondirishga qaratiladi va ortiqcha O2 ni kontsentratsiyadan halos qilinadi, ushbu himoya reaktsiyada O2 sezgir xemoretseptorlar qo’zg’aluvchanligini pasayadi, shuning hisobiga pulg’s va nafas sekinlashadi, tsirkulyatsiya bo’layotgan qon miqdori ozayadi va bosh miya qon tomirlari torayadi.
Keyinchalik qondagi gemoglobin ko’p miqdordagi O2 gemoglobin tomonidan bloklanadi, bu esa gemoglobinni SO2ni olib chiqib ketishini yomonlashtiradi.
Yuqori atomosfera bosim tahsirida organizmda qo’shimcha juda ko’p miqdorda O2eriydi va O2 erkin radikallari hosil bo’ladi. Bu vaqtga kelib oksigemoglobin umuman dissotsatsiyaga uchramaydi va organizmdan esa SO2 chiqarib yuborilishi qiyinlashadi. Hosil bo’lgan erkin radikallar kuchli oksidlovchi harakterga ega bo’lib, to’qimani fermentlarini zararlaydi, bu esa patologik jarayonlarni yanada chuqurlashtiradi.
G’avvoslarni normal atmosfera bosimli joyga qaytishida desaturatsiya hodisasi ro’y beradi, yahni ortiqcha erigan gazlar qon va o’pka orqali chiqarilib yuboriladi. Dekopressiyani sekin davom ettirish kerak, chunki ortiqcha erigan gazlar organizm tomonidan chiqib ketishiga ulgurishi kerak, aks holda (gazli emboliya) kelib chiqishi mumkin.
Bu kasallik klinik simptomlari gaz pufakchalarini qaerda joylashganligiga bog’liq, og’riq, qichishish, og’ir holatlarda ko’rish yomonlashadi, paralich, xushidan ketish va x.k. Bosh va orqa miyani jarohati ham kuzatiladi.
Bunday simptomokompleks, dekompressiya kasalligi ham deb yuritiladi va quyidagi davrlarda ketadi.
I-davr kompressiya – suvga tushgandan to eng chuqur joyga borguncha.
II-davr kompressiya – eng chuqur joyda ishlash
III-davr kompressiya – ko’tarilish.
I-davrda quloqlarda og’riq, barotravma nafas olish sekinlashadi, nafas chuqurligi ortadi, nafas olish osonlashadi, lekin chiqarish qiyinlashadi, o’pka ventilyatsiyasi aytarli o’zgarishsiz. Pulg’s va A/B o’zgarishsiz. Kesson anemiyasi kelib chiqadi, qonda kislorodni ko’p erishi hisobiga. Eritrotsitlar ko’plab depoga kirib ketadi va parchalanadi.
Bu davrda suyuqliklarda gazlarni saturatsiyasi (erishi) kuzatiladi. Azot indeferent gaz sifatida butun to’qimalarda tarqaladi, yog’ to’qimasida esa ko’plab uchraydi. Uning eruvchanligi qondagiga nisbatan 5,24 marta ortiq bo’ladi.
Ikkinchi davrda aytarli o’zgarishlar bo’lmaydi.
Uchinchi davrda, asosiy Kesson kasalligi namoyon bo’ladi, bunda deturatsiya fenomeni kuzatiladi, yahni barometrik bosimni kamayishi hisobiga gazlar eruvchanligi pasayib ketadi. Azotni erishidan hosil bo’lgan mayda pufakchalar chiqib ulgurmaydi, natijada ular bir-biri bilan birikib, emboliyani yuzaga chiqaradi.