Andijon 2013 ma’ruza №1 patofiziologiya faniga kirish, uning maqsadi va vazifalari. Etiologiya va patogenez, sanogenez reja


Muzlashni 4 darajasi tafovutlanadi



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə17/207
tarix12.10.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#154299
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   207
pat fiz lek Sharif Xoshimovich

Muzlashni 4 darajasi tafovutlanadi.
I-daraja– shish bilan chegaralanadi
II-daraja– seroz suyuqligi bilan to’lgan po’rsildoq (puzqr) hosil bo’lishi bilan kechadi.
III-darajada barcha yumshoq to’qima zararlanadi, po’rsildoq ichidagi suyuqlik gemorragik harakterga ega bo’ladi.
IV-darajada barcha to’qimalar, shu jumladan, suyak to’qimasini nekrozi kuzatiladi.
Yuqori haroratni organizmga tahsiri
Qizib ketish
Yuqori harorat sharoitida hamda namlik yuqori bo’lganda organizmdan issiqlikni chiqishi yomonlashadi. Lekin, bu holatda fizik termoregulyatsiyani kuchaytirish orqali (qon-tomirlarni kengayishi, terlashni kuchaytirish) mahlum vaqtgacha organizmni tana haroratini bir mehyorda ushlab turishga erishiladi, yahni kompensatsiyalanadi. Lekin, tashqi muhit harorati 33 0S ko’tarilganda, organizmdan issiqlik ajralishi asosan bug’latish yo’li bilan amalga oshirilganligi uchun organizmdan issiqlik chiqishini to’la tahminlab berolmaydi. Natijada issiqlik hosil bo’lishi va ajralishi o’rtasidagi mutanosiblik buziladi, bu esa tana haroratini ortishiga, xususiy gipertermiyaga olib keladi, yahni dekompensatsiya bosqichi kuzatiladi.
Tana haroratini ortishi MNTni qo’zg’alishi, nafas, qon-aylanishi va moddalar almashinuvini kuchayishiga olib keladi.
Organizmni o’rab turgan atmosfera havo harorati yanada ko’tarilganda, nerv markazlarini o’ta qo’zg’alishiga, ularning zo’riqishiga bu esa nafas, yurak faoliyatini buzilishi va arterial bosimni pasayishiga, bu o’z navbatida gipoksiyaga olib kelishi mumkin.
Ushbu paytda o’ta kuchli terlash kuzatiladi, bu esa organizmni suvsizlanishiga, elektrolitlar almashinuvini buzilishiga olib keladi. Bu davrda qon quyuqlashadi yurakka qo’shimcha yuklama beradi, bu holat yurak yetishmovchiligiga olib keladi. Kislorod yetishmovchiligini kuchayib borishi, qaltirash va oxir-oqibat o’limga olib keladi.
Juda tez muddatda tana haroratini ortib ketishini oftob urush yoki issiq urush deb ataladi.
Kuyish organizmga juda yuqori harorat tahsir etilganda ro’y beradi, buning natijasida terida mahalliy destruktiv o’zgarishlar kuzatiladi va 4 ta darajasi tafovutlanadi.
1-darajada, terini qizarishi kuzatiladi.
2-darajada, terini o’tkir ekssudativ yallig’lanishi kuzatiladi.
3-darajada, qisman nekroz va yara hosil bo’lishi bilan kechadi.
4-darajada, to’qimani yemirilishi, nekroz teri osti tuzilmalarigacha kirib borishi kuzatiladi.
Kuyishda faqat mahalliy o’zgarishlar bo’lib qolmay, balki umumiy o’zgarishlar ham kuzatilsa, kuyish kasalligi deb ataladi.
Klinikada kuyish kasalligi quyidagi bosqichlarda ketadi:

  1. Kuyish shoki

  2. Kuyish toksemiyasi

  3. Kuyish infektsiyasi

  4. Kuyishdan kuchli ozib ketish

  5. Kuyishni tugashi

Kuyish shoki asosida, og’riq omili yotadi, yahni MNTga ko’p miqdorda afferent impulg’slar boradi. Bu MNTning o’ta kuchli tahsirlanishiga, bu o’z navbatida nerv markazlarini zo’riqishiga, nafas va yurak faoliyatini buzilishiga olib keladi.
Kuyish shokida intoksikatsiya kuzatiladi. To’qimalarda kuyishdan hosil bo’lgan toksinlar moddalar almashinuvi buzilishidan, denaturatsiyaga uchragan oqsillardan, oqsillarni fermentativ gidrolizidan hosil bo’ladi.
Kuyish kasalligini og’ir asoratlaridan biri bu suvsizlanishdir.
Organizmdan suvni yo’qotilishiga sabab zararlangan joydagi qon tomirlar devorini o’tkazuvchanligini ortishi hisobiga, oqsil va suv chiqishidir. Bu esa qonni quyuqlashuviga, yurak faoliyatini ishini qiyinlashuviga olib keladi.
Kuyishda tuz almashinuvi ham buziladi, kuygan to’qima ko’p miqdorda Na+2 ushlab qoladi, keyinchalik Na+2 va suv hujayra ichiga o’tib, plazmani tark etadi, natijada hujayra gipergidratatsiyasi kuzatiladi. SHuning uchun kuyish kasalligini davolashda NaCl eritmasi yuboriladi.
Kaliy esa hujayra ichidan plazmaga chiqib, giperkalimiya kuzatiladi. Giperkalimiyani toksik tahsiri shundan iboratki, miokardni qisqartiruvchi va avtomatizm xususiyatlariga yomon tahsir etadi.
Nafas fermentlari aktivligi pasayishidan nafas faoliyatini buzilishi kuzatiladi. SHu bilan birga oqsillar almashinuvi ham buziladi, ularni total tarzda parchalanishi kuzatiladi, buning natijasida oqsillar antigenlik xususiyatini o’zgartiradi va bu esa autoimmun reaktsiyalarini chaqiradi.
Kuyish infektsiyasi, kuyish kasalligini doimiy yo’ldoshi bo’ladi, organizmda intoksikatsiya chaqiradi, chunki bu vaqtda organizmning barg’er faoliyati susayib ketadi.
Organizm kaxeksiya, anemiya, ichki organlarni distrofik o’zgarishlaridan azob chekadi, bundan tashqari, pnevmaniya, glomerulonefrit kabi asoratlar bo’lishi mumkin.
Sog’ayish nektorik to’qimani butunlash ajralishi bu yerda esa granulyatsion chandiq to’qimasini hosil bo’lishi mumkin va ushbu jarayon oxirgi etapda epitelizatsiya bilan tugaydi.
Termik jarohatlanish – tibbiy, sotsial, ekonomik muammolar keltirib chiqaradi. Har minutda yer yuzida 1 nafar inson kuyishdan azob chekadi.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin