Andijon 2013 ma’ruza №1 patofiziologiya faniga kirish, uning maqsadi va vazifalari. Etiologiya va patogenez, sanogenez reja



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə13/207
tarix12.10.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#154299
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   207
pat fiz lek Sharif Xoshimovich

SHOK KOMA KOLLAPS
1. Plevropulmanal 1. Diabet 1. Bakterial
2. Vistseral 2. Gipotireoid 2. Vazomotor
3. Gemorragik 3. Gipertireoid 3. Gipovolemik
4. Kuyishdan 4. Gipokortikal 4. Ortostatik
5. Kardiogen 5. Jigarga bog’liq
6. Bakterial 6. Uremik
7. Nevrogen
8. Obstruktiv
Travmatik shok ikki bosqichda ketadi: (Seleznev bo’yicha)

  1. Qo’zg’algan yoki erektil

  2. Tormozlangan yoki torpid

Birinchi bosqich, qisqa muddatli bo’lib, ushbu bosqichda po’stloq, po’stloq osti tuzilmalari hamda simpatik nerv tizimini vegetativ yadrolari qo’zg’aladi, bu holat o’z navbatida qon-aylanish, nafas olishni tezlashuviga olib keladi. Hamda qonga ko’p miqdorda kortikotropin, adrenalin, noradrenalin va boshqa ko’plab gormonlarni chiqishi tufayli, oxir-oqibat stress sindromini chaqiradi.
Ikkinchi bosqich esa ko’proq davom etadi (bir necha soatdan bir necha sutkagacha). Bu bosqich, yahni parabioz holatida MNSni barcha qismlarida tormozlovchi jarayonlar tarqalishi kuzatiladi. Bu esa hayotiy-zaruriy reflekslar markazida ham ro’y beradi. Bu holat, travmatik shokni asosida nerv-reflektor nazariya yotishini yana bir bor tasdiqlaydi.
Travmatik shokning patogenezi hozirgacha yaxshi o’rganilmagan, biroq quyidagi omillar bilan bog’liq:

  1. Travmani spetsifik omillari

  2. Travmani nospetsifik omillari

Travmani spetsifik omillariga uning lokalizatsiyasi va organlar funktsiyasini chegaralanishi va jarohatlanishi kirsa, nospetsifik omillarga esa retseptor va nerv tolalarni tahsirlanishi, qon va plazmani yo’qotish, organizmda ko’plab biologik aktiv moddalarni ajralishi kiradi.
Travmatik shok patogenezida mahlum darajada toksemiya ham rolg’ o’ynaydi, bu holat qon aylanish tizimiga to’qimalarni parchalangan yoki gistolizga uchragan qismi tushishi bilan tushuntiriladi. Bu to’qimalardan esa turli tabiatga ega bo’lgan toksinlar chiqib, toksemiyani chaqiradi.
Travmatik shok doim absolyut qon yoki plazmani yo’qotish bilan kechadi. SHuning uchun, ushbu shokni uzoq muddat gipovolemik shok deb ham yuritib keldilar.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin