Andijon 2013 ma’ruza №1 patofiziologiya faniga kirish, uning maqsadi va vazifalari. Etiologiya va patogenez, sanogenez reja



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə9/207
tarix12.10.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#154299
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   207
pat fiz lek Sharif Xoshimovich

PATOGENEZ


Patogenez grekcha azoblanishni kelib chiqishi degan mahnoni anglatadi.
Patogenez tahsirlovchilar tahsiridan so’ng ro’y beradigan o’zgarishlarni o’rgatadi (travma, kuyish, radiatsiya). Ko’p holatlarda etiologiya va patogenez vaqt birligidagi muammolarni o’rgatadi. Oldiniga sabab, yahni “nima uchun”, keyin patogenez, “qay tarzda” ro’y beradi degan muammolar o’rganiladi, lekin etiologik omil o’z tahsirini tugatmasdanoq, patogenez boshlanadi, m: kasallik chaqiruvchi virus, kasallikni chaqirib ulguradi, lekin etiologik omil ham o’z tahsirini davom ettiraveradi.
Har qanday etiologik omil kasallik kelib chiqishini boshlab beruvchi mexanizmini tahminlaydi.
Kasallik patogenezi u yoki bu ko’rinishdagi buzuvchi patologik jarayondan boshlanadi (Sechenov). Buzuvchi agent bahzida qo’pol tarzda organizmni zararlaydi, bahzida esa uni qurollanmagan ko’z bilan ko’rib bo’lmaydi. Zararlanishdan hosil bo’lgan mahsulot boshqa to’qimalarni zararlanishi uchun etiologik omil bo’lishi mumkin, yahni ikkilamchi, uchlamchi, to’rtlamchi tartibdagi kasalliklarni chaqirish mumkin.
Bahzida zaharli preparatlar bilan organizm zaharlanganda “puskovoy” boshlovchi harakterga ega bo’lgan etiologik omil, kasallik oxirigacha davom etishi mumkin, to zahar organizmdan chiqib ketmaguncha.


Patogenezdagi sabab va oqibat o’rtasidagi bog’liqliklar
Patogenez bir necha bosqichlarda ketadi xamda kasallikni kelib chiqaruvchi etiologik omillar bilan chambarchas bog’liq bo’ladi. Kasalni keltirib chiqaruvchi sabab va uning natijasida kelib chiqadigan oqibat o’rtasida bog’liqlik bor, yahni u biridan ikkinchisiga, aksincha ikkinchisidan birinchisiga o’tib turadi.
M: travmatik shokni birinchi zvenosida kuchli og’riq bo’ladi. Kuchli og’riq esa hayotiy zaruriy markazlar faoliyatini ishdan chiqaradi, ish jumladan arterial bosimni pasayishiga olib keladi, bu o’z navbatida organizmda kislorod yetishmovchiligiga olib keladi. Bosh miyani gipoksiyasi esa qon-tomir harakatlantiruvchi markazni yanada tormozlaydi, bu esa arterial bosimni yanada tushib ketishiga olib keladi, yahni kasallik rivojlanish aylanma halqa shaklida ro’yobga chiqadi.
Metiorizm misolida ham bunday, aylanma halqani mohiyatini ochib berish mumkin. Ichakni dimlanishi, uning motor va sekretor faoliyatini susaytiradi, so’ngra bijg’ishga olib keladi, bu esa gazlar hosil bo’lishini ortishiga olib kelib, metiorizmni yanada chuqurlashtiradi. SHuning uchun, shifokor bu xalqani yaxshi bilishi kerak. SHifokor, kasallik patogenezidagi sabab va oqibatni bilgani holda, kasallikni rivojlanishiga bevosita aralashishi zarur. Praktikada patogenezni barcha zvenolari birday ahamiyatga ega emas, asosiy va ikkinchi, uchinchi darajali zvenolari mavjud. Agar kasallikni asosiy patogenetik zvenosi bartaraf etilsa, kasallik tugatiladi.
M: qandli diabetda, insulin yetishmovchiligi bartaraf etilsa, kasallikni boshqa belgilari ham bartaraf etiladi (giperglikemiya, ketoz, koma) yoki o’tkir pankreatitda proteazalar aktivligini ingibirlash lozim bo’ladi holos.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin