Andijon 2013 ma’ruza №1 patofiziologiya faniga kirish, uning maqsadi va vazifalari. Etiologiya va patogenez, sanogenez reja


Patogenezning mahalliylik va umumiyligi to’g’risida



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə10/207
tarix12.10.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#154299
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   207
pat fiz lek Sharif Xoshimovich

Patogenezning mahalliylik va umumiyligi to’g’risida
Kasallik patogenezini taxlil qilishda, u mahalliy yoki umumiy xarakterga ekanligini aniqlash zarur, bu esa kasallikni effektiv davolash uchun katta ahamiyatga egadir.
Oddiy misol, insonlar tishida karies kuzatilsa, oddiygina qilib tishiga plomba qo’yiladi, agar karies kelib chiqishida organizmdagi mineral va oqsil almashinuvi buzilishi yotsa, bu xolatda tishga plomba qo’yish bilan ish bitmaydi, chunki organizmni davolash umumiy bo’lishi zarur. Patogenezda mahalliylik va umumiylik o’rtasidagi bog’lanish vaqt birligi ichida o’zgarib turadi. Mahalliy furunkul vaqt o’tishi bilan umumiy bo’lishi mumkin (sepsis), ko’proq organizmni himoya funktsiyalari, mahalliy harakterdagi kasallikni boshlang’ich stadiyadalardayoq to’xtatadi.
Patogenezning nospetsifik va spetsifik belgilari
Har qanday kasallik o’ziga tegishli va barcha kasalliklarga xos bo’lgan simptomlar bilan namoyon bo’ladi. M: yurakni stenokardiyasida irradatsiyalanuvchi og’riq kuzatiladi.
Kasallik patogenezini umumiy yoki nospetsifik tomonlari organizmda nasldan naslga o’tadi va evolyutsiya jarayonida takomillashgan bo’lib, ushbu reaktsiyalar har qanday patologik situatsiyalarda ro’yobga chiqadi. Bunday nospetsifik reaktsiyalarni 5 ta kategoriyalarga bo’lish mumkin, ular nerv, nerv va endokrin tizimlar tomonidan boshqariladi.

  1. Patologik parabioz

  2. Dominant printsipi

  3. Nevrogen distrofiya

  4. Kortiko-vistseral dinamikani buzilishi

  5. Stress.

Parabioz – bu turg’un, tarqalmaydigan qo’zg’alish o’chog’i bo’lib, bu to’qimalarni jarohatini tufayli ro’y beradi. Yurak blokadalari bu holatni katta ahamiyati bor.
Dominant – bir markaz faoliyati kuchaygan, yahni aktivlashganda, boshqa markazlar faoliyati buziladi yoki ushbu markazlarga so’zsiz bo’ysunadi. Dominanta printsipini tushunish uchun, quyidagi misol kifoya: ayrim kasalliklarda indeferent tahsirlovchilar ham organizmda og’riq chaqirish mumkin (yorug’lik, qo’ng’iroq).
Bronxial astma va gipertonik kasalliklarda bosh miyada turg’un qo’zg’alish o’chog’i paydo bo’ladi, shu munosabat bilan har qanday tahsirotlarga bronxlar va qon-tomirlarni torayishi bilan javob beradi.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin