Andijon 2013 ma’ruza №1 patofiziologiya faniga kirish, uning maqsadi va vazifalari. Etiologiya va patogenez, sanogenez reja



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə8/207
tarix12.10.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#154299
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   207
pat fiz lek Sharif Xoshimovich

Konstitutsionalizm, bu nazariya tarafdorlari kasallikni kelib chiqishida genetik omil asosiy va yagona rolni o’ynaydi, deb fikr yuritadilar. Kasallikni davolashni foydasi yo’q deb aytadilar. Buni oldini olish uchun: nikohni nazorat qilish, yaroqsiz individlarni sterilizatsiya qilish kerak degan fikrga keldilar. Bahzilarni fikriga ko’ra, meditsina zararli soha deb hisoblaydilar. Ularning fikricha tashqi muhit, kasallikni kelib chiqishida umuman rolg’ o’ynamaydi degan fikrdalar, lekin aslida albatta bunday emas.
M: fenilketonuriya bu irsiy kasallik bo’lib, agar ko’krak yoshidagi bola ratsionidan ona sutini butunlay olib tashlasak, ushbu kasallikni bahzi belgilarini umuman yuzaga chiqmaydi (aqli zaiflik).
Genetik determinizm. Erxard tarafdorlari ham genetik omillar insonlar nafaqat salomatlik, balki psixologik, sotsial, ekonomik, jamiyatda insonlarni tutgan roli bir emasligini ham belgilab beradi degan fikrga keldilar.
Etiologizm. Ushbu nazariya mohiyatida insonlar qachon kasal bo’ladi, jamiyat va tabiatda yurish-turishi buzilganda deb hisoblaydilar.
Sotsial dezadaptatsiya (tsivilizatsiya kasalligi)
Sotsial ekologiya insonlarni yashash shart-sharoiti, ishlash joyi kasallik keltirib chiqarishda muhim rolg’ o’ynaydi deb hisoblaydilar.
Fred tavsiya qilgan Psixologik Fredizm yoki somatik yo’nalish, ushbu nazariyaga ko’ra kasallik kelib chiqishida organizmda ro’y beradigan ruhiy somatik o’zgarishlar muxim rolg’ o’ynaydi, Fredizm tarafdorlari hayotdan juda ko’plab misollar keltirishgan.
Patologiya kelib chiqishida dialektrik-materialistik nuqtai nazaridan qaralsa, uning sabablari materialistik dialektikaga borib taqaladi, yahni:

  1. Tabiatdagi barcha xodisalarni o’zini sababi bo’ladi

  2. Sabab, organizmdan tashqari va bog’liq bo’lmagan holda ro’y beradi.

  3. Kasallik sababi organizm bilan aloqa o’rnatadi, uning faoliyatini o’zgartiradi.

  4. Sabablar patologik jarayonga o’ziga xoslik berishi kerak.

  5. Sabablar mahlum sharoitlardagina tahsir etadi, effekt chaqiradi.




Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin