chala sog’ayish
o’lim
Sog’ayishni asosida ikkita, qarama-qarshi holatlarni yahni xususiy patologik va himoya kompensator jarayonlar munosabati yotadi. Kasallikni oqibati ham shunga bog’liq. Agar ximoya-moslashuv reaktsiyalar kompleksi kuchli bo’lsa kasallik uzoq davom etmaydi.
Kasallikda yuzga chiqadigan tezkor ximoya moslashuv reaktsiyalarga reflektor ximoya reaktsiyalari, nafas va qon aylanishini o’zgarishi, adrenalin va glyukokortikoidlarni ajralishini keltirish mumkin. Bularning hammasi organizmni ichki muxiti doimiyligini ushlashga yo’naltirilgan.
Uzoq muddatli moslashuv reaktsiyalar butun kasallik mobaynida yuzaga chiqadi. Bunda funktsional tizimlarni rezerv imkoniyatlarni ishga tushadi M: qandli diabet pakreatik orolni ¾ qismi olib tashlanganda ham kelib chiqmaydi, yana misollar keltirsak, bitta buyrak, o’pka bilan organizm yashash mumkin. Normal yurak tinchlikka nisbatan 5 marta katta yuklamani ham ko’tarish mumkin.
CHala sog’ayishning bir necha variantlari majud: Perexod v patologicheskoe sostoyanie t.e vosstanovlenie s defektom (postvospalitelg’nqy rubets, kulg’tya amputirovannoy konechnosti, slepota posle travmi, atrofiya zritelg’nogo nerva pri glaukome).
Formirovanie sledovix reaktsiy m: stolbnyak, ekzema, distrofik jarayonlar, anemiyalar, butunlay sog’ayib ketgandan so’ng, agar boshqa ikkinchi travma berilsa, bu kasallikka bog’liq bo’lmasa ham, avvalgiday kasallik kelib chiqaraveradi.
a) Retsediv-qaytalanish (“ikkinchi zarba” teoriyasi akad. Speranskiy bo’yicha)
b) Kasallikni surunkalanish formaga o’tishi
Terminal xolat hayotni tugashi sekin yoki juda tez ketishi mumkin. O’lish bu jarayon bo’lib, unda bir necha bosqichni tafovut etish mumkin. Preagoniya, agoniya, klinik va biologik o’lim.
Preagoniya davomiyligi har-xil bo’lib, (soatlar, kunlar) bunda hansirash, arterial bosimni pasayishi, 60mm.s.ustgacha, taxikardiya, insonlar hushini yo’qotishgacha kuzatiladi.
Agoniya (grek jang) asta-sekin barcha organlar funktsiyalari ishdan chiqa boshlaydi. Himoya-moslashuv reaktsiyalari juda taranglashadi va ular maqsadga yo’nalganligini ahamiyati susayib boradi (talvasa, terminal nafas) davomiyligi 2-4min, bahzida ko’proq davom etadi.
Klinik o’lim –hayotni hamma belgilari yo’qoladi (nafas va yurak ishi to’xtaydi), lekin juda past darajada moddalar almashinuvi kechadi. SHu etapda hayotni tiklash mumkin. Klinitsist va eksperimentatorlardan o’zgacha diqqat ehtiborni talab qiladi.