Andijon 2013 ma’ruza №1 patofiziologiya faniga kirish, uning maqsadi va vazifalari. Etiologiya va patogenez, sanogenez reja



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə14/207
tarix12.10.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#154299
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   207
pat fiz lek Sharif Xoshimovich

Mexanik omillarni tahsiri
Mexanik omillar ham organizmga shikastlovchi tahsir ko’rsatadi. Ushbu tahsirning kuchi uning kattaligiga, tahsirlanuvchi to’qima va organlarni fiziologik, fizik, kimyoviy, mexanik xususiyatlarini xarakteriga bog’liq bo’ladi.
Mexanik omillar tahsirida to’qimalar cho’ziladi, uziladi, eziladi, majaqlanadi va x.k.z.
Organizmga mexanik omillar tahsir etganda to’qimani elastiklik xususiyati muhim ahamiyatga ega.
Yosh o’tishi bilan to’qimalarni elastikligi pasayib boradi, shuning uchun mexanik omillarga chidamsiz bo’ladi. M: suyakni oxaklanishi buzilishi, kovak organlar uzoq muddat suyuqlik bilan to’lib turishidan uning elastikligi pasayadi, natijada tashqi omillarga chidamsiz bo’lib qoladi.
Bundan tashqari, to’qimalarni ezilish jarayoniga chidamliligi turlicha: m: son suyagini ezilishi uchun 685 kg/sm2 kattalikdagi kuch kerak bo’lsa, kalla suyagi uchun 500 kg/sm2 kerak. Ezilishning uchta darajasi bor: yengil darajasida to’qimani oziqlanishi va undagi qon aylanish tiklanadi, o’rtacha formasida, kuchli va davomiy tahsirdan so’ng to’qimada nekroz va atrofiya chaqirish mumkin. O’sayotgan to’qimani “qattiq o’rab” qo’yish, uning o’sishini to’xtatadi, Yaponiya va Xitoyda qizlar oyog’ini bog’lab qo’yib, o’sishdan to’xtatishadi.
Og’ir darajasida shikastlangan to’qima butunlay buziladi.
Organizmga to’g’ri va aylanma harakatlarni tahsiri
Meditsina va biologiyada 4 xil tezlanishlar tafovut qilinadi.

  1. To’g’ri chiziqli tezlanish, harakat yo’nalishini o’zgartirmasdan tezlikni goh ko’tarish yoki pasaytirish bilan namoyon bo’ladi. Birinchisi (+) ikkinchisi (-).

  2. Radial va markazga intiluvchan tezlanish, bunda tana aylanma harakat qiladi, m: samolyot birdan aylanma harakat qilganda, odam tsertrifugaga tushib qolganda yoki attarktsion o’yinlarda inson tanasi radial harakat qiladi.

  3. Burchakli tezlanishlar, tanani o’z o’qi atrofida to’g’ri aylana olmaydi, yahni inson burchakli harakat qilganda kuzatiladi.

  4. Kariolis tezlanishda vestibulyar apparatdagi bir bo’shliqdagi suyuqlik, boshqa bo’shliqdagi suyuqlik harakati bilan qo’shilib ketadi.

Organizmga tezlik tahsirining kattaligi, organni qattiqligi, qaerda joylashganligi yoki yonida joylashgan organlar bilan aloqani mustahkamligiga bog’liq.
Hammaga ayonki, organizmdagi eng harakatchan to’qimalar qon va to’qima suyuqligidir. SHuning uchun, harakat kasalligi genezida gemodinamikani buzilishi yotadi. Bundan tashqari, ichki organlarni surilishi hamda deformatsiyasi, bu nafaqat organlar faoliyatini buzilishiga, balki g’ayritabiiy afferent impulg’slarni yuzaga chiqishiga, bu o’z navbatida MNS faoliyatini buzilishiga olib keladi.
MNS ning tezlanish vaqtidagi buzilishi fazali harakterga ega, chunki jarayon boshlanishida avval izli reflekslar, keyinroq shartli reflekslar tormozlanadi
Tezlanish tahsirida avval po’stloq aktivlashadi. Tiklanishi ham shu tarzda ketadi, oldin po’stloq, gipotalamus, retikulyar formatsiya va x.k. MNS faoliyatini buzilishida asosida gipoksiya yotadi.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin