Andijon 2013 ma’ruza №1 patofiziologiya faniga kirish, uning maqsadi va vazifalari. Etiologiya va patogenez, sanogenez reja


Elektrotravma profilaktika va terapiyasi



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə19/207
tarix12.10.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#154299
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   207
pat fiz lek Sharif Xoshimovich

Elektrotravma profilaktika va terapiyasi
Elektr toki bilan ishlashni hamma joyda o’rgatiladi. Elektrotravmani davolash undan zararlanish formasiga bog’liq. Birinchi navbatda, tokni uzish, zararlangan joydan kuchlanishni olib tashlash lozim. Agar, elektrotravmani yuqori kuchlanishli manbaa chaqirgan bo’lsa, bemorni oldiga keng qadam tashlab kelish lozim, aks holda qutqaruvchini otib tashlaydi.
Agar elektrotravmada nafasni to’xtashi kuzatilsa, sunhiy nafas amalga oshiriladi. Uni traxeostom orqali qilingani mahqul, chunki bu paytda laringospazm kuzatiladi. Bunda ritmik tarzda havoni o’pkaga yuboriladi, natijada n.vagus oxirlari qo’zg’aladi, bu esa nafas markazi faoliyatini tiklashga olib keladi.
Agar, elektrotravmada yurak faoliyatini zararlansa, avvalo miokard fibrilyatsiyasini bartaraf etmoq lozim, buning uchun defibrilyator asbobidan foydalaniladi. Defibrilyator yordamida yurakda kuchli ekstrosistoliya chaqiriladi, so’ngra yurak ritmi qayta tiklanadi, 3-4 razyaddan so’ng effekt yuzaga chiqadi.
Bemor shokka tushib qolganda esa shokka qarshi umumiy chora-tadbirlar ko’riladi.
Past atmosfera bosimni inson organizmiga tahsiri
Bunday holatga insonlar toqqa chiqqanda, samolyotda, yuqoriga ko’tarilganda tushadi. Laboratoriya sharoitida maxsus barokameralarda past atmosfera bosimi yaratiladi. Tog’ kasalligini rivojlanishida gipoksiya, gipoksemiyadan tashqari, organizmning charchashi, sovqotishi, havoni ionizatsiyasi va ulg’trabinafsha nurlarni tahsiri ham rolg’ o’ynaydi. Ushbu kasallikning rivojlanishida 2 ta o’zaro bog’liq bo’lgan bosqich tafovut qilinadi.

    1. kompensatsiya

    2. dekompensatsiya

Kompensator bosqich yahni 1000-4000 metr balandlikda organizmning O2 yetishmovchiligiga o’ta sezgir aorta yoyi va karotid sinusi qitiqlanadi, reflektor tarzda nafas va qon tomirlarni harakatlantiruvchi markazlar faoliyati stimullanadi. Natijada hansirash, taxikardiya, arterial bosimni qisman ko’tarilishi, eritrotsitoz kuzatiladi. Balandlik ortishi bilan (4000-5000 m) po’stloqda tormozlanish va qo’zg’alish munosabatlari buzila boshlaydi, inson o’ta injiq, qo’zg’aluvchan, achchig’i tez chiqadigan, sog’lom paytida ko’rinmagan yomon harakterlar ko’rina boshlaydi. Buyrak parenximasida ro’y beradigan gipoksiya YuGAni qitiqlab, eritropoetinlar sintezini kuchaytiradi, bu esa periferik qonda retikulotsit va eritrotsitlar miqdorini ortishiga (regenerator anemiya) olib keladi.
Dekompensatsiya bosqichda o’pka giperventilyatsiyasi hisobiga to’qimalarda SO2 miqdori kamayadi, chunki gipoksiya tufayli karbonsuv va yog’larni oksidlanishi SO2 va suv hosil bo’lishi bilan tugamaydi, oxir-oqibat gazli alkaloz ro’y beradi. Qonda SO2 ni partsial bosimini pasayishi nafas markazini kuchli tormozlanishiga olib keladi.
Agar uchuvchilar nogermetik kabinalarda uchsa, bir qancha simptomlar kelib chiqadi, ichaklardagi havoni kengayishi ichak meteorizmiga, gazlar kengayishi hisobiga quloqlarda og’riq, burnidan qon ketadi, agar 19000 metr yuqorida kabinani germetikligi bo’lmasa, organizmdagi barcha suyuqliklar qaynab qoladi. Atmosfera bosimi tez o’zgarib tursa, portlovchi dekompression sindrom kelib chiqadi. Buning natijasida o’pka, yurak va katta qon tomirlarda bosim ortadi. Bu sharoitda o’pka alg’veolalari va qon tomirlar yorilishi, gaz pufakchalarni qon-tomirlar tizimiga kirishiga sabab bo’ladi, bu esa o’z navbatida havo emboliyasiga ro’y beradi.
Agar, kosmik kemani germetikligi buzilsa, uchuvchilar darhol o’ladi, sababi suyuqliklarni qaynashi va juda tez ro’y beradigan gipoksiya olib keladi.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin