2-bosqichda, intensiv tarzda ketayotgan issiqlik hosil bo’lishi issiqlik ajralishi bilan tenglashadi, shuning uchun, harorat ko’tarilishi to’xtaydi.
Ikkinchi sababi – termoregulyatsiyani boshqaruvchi markazlar o’z faoliyatini vaqtincha qayta ko’rib chiqishga ulguradi.
Periferik qon-tomirlarni kengayishi issiqlik ajralishini boshlanishiga olib keladi. Endi teri qizaradi, junjikish o’tadi, bemor esa qizib ketganligini seza boshlaydi.
3-bosqich organizmda issiqlik hosil bo’lishidan, uning ajralishi ustun bo’ladi. Bu paytda terlash kuchayadi. Ushbu holatda tana harorati sekin tushishi (litik) yoki juda tez tushishi (kritik) kuzatiladi.
Haroartni kritik tushishini havfliligi shundaki, qon-tomirlar yetishmovchiligi, yahni kollapsga olib kelishi mumkin. Bu xolat qon tomirlarni tonusini keskin tushib ketishidan dalolat beradi.
Isitma davrida to ortish mexanizmi
Egzogen va endogen omillar
Gipotalamusda joylashgan bosh termoregulyatsiya markazlariga reflektor va bevosita tahsiri
Simpatik nerv tizimini xoli- nergik tolalar orqali tahsiri
S.N.T adrenergik tolalar orqali tahsiri
Somatik nervlarga tahsiri
Teri ajralishini tormozlanishi
Perif. qon-tomirlarni torayishi
Oksidlanish jarayonini kuchayishi (jigar, muskul).
Muskul tonusini ortishi, droj.
Issiqlik ajralishini pasayishi
Issiqlik hosil bo’lishini kuchayishi
Issiqlik hosil bo’lishini ajratishidan ustunligi kuzatiladi.