Pirogen moddalarni xossalari Pirogenlar organizmga toksik tahsir etmaydi. Organizmga ularni bir yoki ko’p marotaba kiritishganda ham toksik tahsiri kuzatilmaydi. Bundan tashqari, ular antigenlik xususiyatni ham namoyon qilmaydi, qilgan taqdirda ham juda sust, shuning uchun klinikada keng qo’llash imkonini beradi.
Tolerantlikni rivojlanishi, organizmga ekzogen pirogen moddalarni ko’p marotaba, oz-oz dozada kiritilganda ro’y beradi.
Patogenez Isitma patogenezida birlamchi pirogen moddalardan, ikkilamchi pirogenlarni hosil bo’lishi yotadi. Bu jarayon, avvalom bor makrofagotsitlarda boshlanib, neyrofil granulotsitlarda o’z nihoyasiga yetadi.
Ikkilamchi pirogen moddalarni sinetezi in vitro usulida tajribada olingan. Agar, birlamchi pirogen moddalarni leykotsitlar o’sayotgan muxitga yuborilsa, u yerdan tezlikda shunday modda sintez qilinadiki, agar uni hayvon organizmiga yuborilsa, ushbu organizmda isitma kuzatiladi.
Ikkilamchi pirogen moddalarni sintezi leykotsitlar genomida kodlashgan bo’ladi. Agar aktinomitsin D yoki puramitsin moddalari bilan oqsillar sintezi bloklansa, ikkilamchi pirogenlar sintez qilinmaydi. Leykotsitlardan ikkilamchi pirogenlarni sintezlanishi, birlamchi pirogenlar tahsirida bo’ladi, chunki ular leykotsitlarda metobolitik jarayonlarni kuchaytiradi. Bunday tahsir retseptorlar orqali, toksinlarni makrofaglarga fagotsitoz yoki pinotsitoz yo’li bilan kirishidan yuzaga chiqadi.
Oxirgi paytda, endogen (ikkilamchi) pirogenlar to’g’risidagi tasavvurlar tubdan o’zgardi. Tasdiqlanishicha, interleykin-1, isitma chaqirish bilan bir qatorda, boshqa ko’plab tahsirlarni ham yuzaga chiqaradi.
Interleykin-1 asosan nerv tizimiga, shuningdek nishon hujayralar, limfotsit, gepatotsit, fibroblastlar, siniviotsitlar, miotsitlarga tahsir etadi. Birlamchi pirogenlar makrofag va neytrofillarga tahsir etadi, natijada interleykin-1 sintezlanadi, ularning nishon hujayralarini ko’pligini bilamiz. Ulardan biri termoregulyatsiya markazi joylashgan gipotalamusdir. Interleykin-1 markaz neyronlari bilan kontakt hosil qilgandan so’ng, termoretseptorlarda fosfolipaza A2 aktivlashadi. Ushbu ferment plazmatik membranadagi fosfolipidlardan, aroxidon kislotani ajralishini tahminlaydi, ushbu kislotadan esa Ye guruxidagi prostaglandinlar sintezlanadi. Prostaglandin tahsirida haroratni sezishga “o’rnatilgan nuqta” sezuvchanligi pasayadi, natijada tanadan kelayotgan normal harorat “o’rnatilgan nuqta” tomonidan past deb qabul qilinadi, bu xolatda standart reaktsiya yuzaga keladi, yahni issiqlik hosil bo’lishi kuchayib, issiqlik ajralishi susayadi, oxir oqibat isitma yuzaga keladi.
Isitma patogenezi sxema orqali quyidagicha tushintiriladi: