Andijon 2013 ma’ruza №1 patofiziologiya faniga kirish, uning maqsadi va vazifalari. Etiologiya va patogenez, sanogenez reja



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə84/207
tarix12.10.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#154299
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   207
pat fiz lek Sharif Xoshimovich

Isitma filogenezi
Filogenetik kelib chiqishiga ko’ra, isitma yallig’lanishga, nisbatan organizmni patogenetik tahsirlovchilarga keyinroq yuzaga kelgan reaktsiyasidir.
Isitma bo’lishi uchun xayvonni markaziy nerv tizimi mahlum darajada rivojlangan bo’lishi, hamda termoregulyator funktsiyani ro’yobga chiqara olishi lozim.
Termoregulyatsiya organizmni tashqi muxit xaroratini o’zgarishidan qathiy nazar, tana xaroratini bir mehyorda ushlab turilishiga aytiladi.
Sovuq qonli xayvonlarda – berilgan patogen tahsirlovchilarga tana xaroratini ortishi bilan emas, balki moddalar almashinuvi intensivligi ortishi bilan kechadi. Mas: baqaga patogen kulg’tura yuborilsa, kislorodga extiyoj ortadi, issiqlik xosil bo’lishi kuchayadi, lekin isitma chiqmaydi.
Isitma faqat yuqori gomoyotermlarda (odam, it, dengiz cho’chqasi, kuyon)da kuzatiladi. Lekin, ayrim geteroterm hayvonlar m: reptiliy, amfibiy va ayrim baliqlarda rudimentar ko’rinishdagi termoregulyatsiya markazi bo’lganligi uchun isitma chiqishi mumkin. Bundan tashqari, ayrim qishki uyquga yoki umuman uyquga ketuvchi hayvonlarda “gibernatsiya” holatini kuzatish mumkin, ularni tana harorati uyquga ketganda pasayadi, yahni ular geteroterm hayvonga aylanib, organizmdagi issiqlikni tejaydi.
Isitma ontogenezi
Isitma reaktsiyasi organizm rivojlanishini mahlum etapida, MNT rivojlanishini tugallanishida takomillashadi.
CHaqaloqlar, kuchuklar, quyonchalar nisbatan geteroterm bo’lib tug’iladi.
Ularda ximik termoregulyatsiya yaxshi rivojlangan, lekin fizik termoregulyatsiya yetarlicha rivojlanmagan, shuning uchun, ular termolabildir, shundan ular tez qizib va tez sovqotib ketadi.
Yosh bolalarda termoregulyatsiya markazi takomillashmaganligi sababli isitma atipik tarzda namoyon bo’lishi mumkin.
Termoregulyatsiya
Normada qon va organlar xarorati 36-370S bo’ladi, kun davomida 1,0-2,00Sga o’zgarib turishi mumkin, agar 2,5-4,0oS o’zgarsa, organizm o’zini yomon xis etadi, 430Sda esa odam o’ladi. Organizm 30-40% issiqlikni oziq-ovqatdan oladi. Organizmni 360S-370S nisbiy doimiyligini ushlab turilishi, termoregulyatsiya markazda kimyoviy va fizikaviy jarayonlarni boshqarish orqali amalga oshiriladi.
Lekin, shuni tahkidlash lozimki, insonlar va shu jumladan gomoyoterm xayvonlarni terisining xarorati, o’zi o’rab turgan tashqi muhit haroratiga bog’liq. Masalan: sovukda yurgan organizm oyok panjalari issik xonaga kirganda (300S) dan 35oS gacha o’zgaradi, sovuk suvda cho’milganda organizmni tana harorati 16oS gacha tushishi mumkin, bu misolda harorat tebranishi 20 oS ni tashkil etadi. Tyulenlar muzda yotganda, ularning tana xarorati 0oS gacha tushib ketadi. Demak, gomoyotermlarda xam teri, teri osti kletchatkasi, yuzaki muskullar, qo’l va oyoq to’qimalari, poykiloterm xususiyatini namoyon qiladi. Odam va issiq qonli hayvonlarda tana haroratini nisbiy doimiyligini, bir-biri bilan kelishib ishlovchi kimyoviy va fizikaviy termoregulyatsiya jarayonlari amalga oshiradi.



Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin