Isitmani tibbiyotda qo’llanilishi
1876 yil Odessalik vrach Rozenblyum kutilmaganda shu xolatni kuzatdiki, zaxm bilan og’rigan bemor, qo’shimcha qorin tif bilan kasallanganda, antibiotik bilan davolanganda holati yaxshilanganligi aniq bo’ldi. Keyinchalik bunday bemorlarni malyariya, qorin tifi bilan sunhiy tarzda kasallantirib davolaganlar.
Mahlumki, zaxmni oxirgi bosqichlarida uning qo’zg’atuvchisi bosh miyada bo’ladi. Agar bu davrda faqat antibiotik bilan davolansa, davolash effekti bo’lmaydi, chunki ular gematoentsefalik barher orqali o’ta olmaydi. SHundan, antibiotiklarni tozalangan pirogen moddalar bilan birgalikda bemor organizmiga yuborilsa, davolash effekti yuqori bo’ladi, chunki tozalangan pirogen preparatlar gematoentsefalik barher o’tkazuvchanligini oshirib yuboradi, natijada antibiotiklar o’z manziliga yetib boradi.
Suyak–bo’g’im tuberkulezida ham pirogen preparatlar antibakterial dorilar bilan birgalikda qo’llaniladi.
Buyrakka bog’liq bo’lgan gipertonik kasallikda piroterapiya o’tkaziladi, qorin bo’shlig’ida qon tomirlar kengayadi. Bu esa buyraklarga qon kelishini oshiradi va umumiy arterial bosimni pasaytiradi.
MAHRUZA №14
SUV-TUZ ALMASHINUVINING BUZILISHI
REJA:
Suv almashinuvini buzilishi haqida tushuncha
Suvsizlanishni patofiziologik asoslari
Izosomolyar, gipoosmolyar, giperosmolyar degidratatsiyalar
Organizmda suvni ushlanib qolish patofiziologiyasi
SHishlar, turlari va ularning patogenezi
Elektrolitlar almashinuvini buzilishi
Sa+2, Mg+, Na+, F+ almashinuvini buzilishi
K+, Cl- gidrokorbanatlar buzilishi
Fe+2, kobalg’t, Zn+, Mn+ almashinuvini buzilishi
Barcha patologik jarayonlar va kasalliklar suv-tuz muvozanatini u yoki bu darajada buzilishi bilan kechadi. Katta odamlar vaznini o’rtacha 60-70% ni suv tashkil qiladi. 45% semiz odamlarda bo’lsa, 70%gacha yosh erkaklarda bo’ladi. 35-45% suv hujayra ichida (intratsellyulyar), hujayra tashqaridagi suv 15-25% ni tashkil qilsa (ekstratsellyar), qon tomir ichi suyuqligi 5%, hujayralar aro 12-15%, transtsellyulyar suyuqlik 1-3% tashkil qiladi. Organizmdagi barcha suvlarni fizik va kimyoviy xususiyatlariga ko’ra 3 turi tafovutlanadi.
1. Erkin yoki mobil suv
Ushbu suvda hujayra ichi, hujayralar aro qon va limfa tarkibidagi suvlar kiradi.
2. Bog’langan suv
Gidrofil kolloidlar bilan birikadi.
3. Konstitutsion suv
Oqsil, yog’, uglevod molekulalari tarkibiga kiruvchi suv.
Bir sutkada organizm 1,2 l atrofida suv ichadi, shundan, 1l atrofida ovqat bilan kiradi va 300 ml suv oziq moddalarni oksidlanishidan hosil bo’ladi.
SHuncha, yahni 2,5 l suv organizmdan, 1-1,5l siydik orqali, 0,5-1,0 l terlash, o’pka orqali 400ml atrofida, axlat bilan esa 50-200ml suv chiqib ketadi.
Organizmda suv-tuz almashinuvi yuqori darajada doimiydir, bu asosan antidiuretik va antinatriyuretik tizimlar yordamida boshqarilib turiladi.
Bu ikkala tizimning efferent organi, buyrak hisoblanadi, afferent zvenosi esa qon tomirlardagi volyumo va osmoretseptorlardir.
Gipotalamusni osmoretseptorlari, hamda chap bo’lmachani volyumoretseptorlari reflektor tarzda tahsir etilganda (qon hajmi ozayganda), gipotalamusni supraoptik va paraventikulyar yadrolari qo’zg’aladi, natijada qonga vazopressin ko’plab tushadi, bu esa suvni qayta so’rilishini kuchaytiradi, shu vaqtni o’zidayoq gipotalamusni lateral zonasida joylashgan chanqash markazi qo’zg’aladi.
O’ng bo’lmacha volyumoretseptorlarni reflektor qo’zg’alashi (qon xajmini kamayishi) va buyrakga olib keluvchi arteriyada arterial bosim kamayganda alg’dosteron sekretsiyasi ortadi, bu esa Na+ reabsorbtsiyasini kuchaytiradi. Buning natijasida, renin-angiotenzin-kotrikoprotin tizim aktivlashadi.
Bu ikkala mexanizm, organizmdan qon va suv-tuz yo’qotilganda, suv-tuz almashinuvini qayta tiklanishida muhim rolg’ o’ynaydi, lekin bemor organizmda moslashuv reaktsiyalar “izdan chiqib” ulguradi.
Suv-tuz almashinuvining buzilishi: organizmni suvsizlanish va suvni organizmda ushlanib qolishi tarzida namoyon bo’ladi. Organizmni ichki muhiti osmotik kontsentratsiyani (suv va tuz nisbati) o’zgarishiga qarab, de- va gipergidratatsiyalar tafovutlanadi, bular ham o’z navbatida uch turga bo’linadi: izosomolyar, gipoosmolyar, giperosmolyar.
Dostları ilə paylaş: |