Andijon 2013 ma’ruza №1 patofiziologiya faniga kirish, uning maqsadi va vazifalari. Etiologiya va patogenez, sanogenez reja


Organizmda suvni ushlanib qolinishi



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə95/207
tarix12.10.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#154299
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   207
pat fiz lek Sharif Xoshimovich

Organizmda suvni ushlanib qolinishi
Organizmda musbat suv balansiga (gipergidratatsiya, gipergidriya) ko’p miqdorda suv kirganda, teri va buyrakni chiqaruv faoliyati, qon va to’qimalar orasida suv almashinuvi, hamda suv-elektrolit almashinuvini idora etilishi buzilganda olib keladi.
Gipoosmolyar gipergidratatsiya eksperimentda, hayvon oshqozoniga suv yuborganda kelib chiqadi. Sog’lom odamlarga bir marotaba ko’p suvni kirishi yomon oqibatlarga olib kelmaydi. Hatto, London ko’rsatishicha, gematokrit ko’rsatkichi ham aytarli o’zgarmaydi, chunki suv jigar, muskul, qorataloq va terida ushlanib qoladi.
Ammo, suv almashinuvi buzilgan bemorga ozgina suv berilsa ham, suvdan zaharlanish kelib chiqadi.
Eksperimentda suvdan zaharlanishni, organizmga vazopressin, alg’dosteron yuborib, buyrak usti bezini olib tashlagandan so’ng, hamda suvli yuklama berib modellashtirish mumkin. Suvdan zaharlanishda, organizmda suv miqdori ko’paygani bilan hujayrada va uning tashqarisida osmotik bosim pasayib ketadi, eng muhimi hujayra membranasini ikki tomonida Na+ va K+ ionlarini kontsentratsion munosabati buziladi, shundan, suvni hujayra ichiga kirishi kuchayadi, oxir-oqibat plazmada natriy miqdori keskin kamayib ketadi.
Bemorlarni suvdan zaharlanishi reflektor anuriyada, buyrak yetishmovchiligida kuzatiladi va quyidagi simptomlarni yuzaga chiqaradi: bosh og’rig’i, ko’ngil aynishi, qayt qilishi, talvasa, agar koma yuz bersa o’lim bilan tugashi ham mumkin.
Giperosmolyar gipergidrotatsiya dengiz sho’r suvi ichilganda yuzaga chiqadi. Buning natijasida ekstratselyulyar muhitda osmotik bosim ortib ketadi, suyuqlik hujayradan, hujayralar aro muhitga o’tib ketadi. Bunda xuddi giperosmolyar suvsizlanishga o’xshab, hujayra degidratatsiyasi kuzatiladi, bunday suvni kamroq ichsa, sekin-asta sho’r suvga moslashish yuz beradi, suv-tuz almashinuvida jiddiy buzilishi kuzatilmaydi.
Izoosmolyar (izotonik) gipergidratatsiya juda kam uchraydi, yahni organizmga juda ko’p izotonik eritma qo’yilganda, miksidema kasalligida vazopressin, insulin sintezini ko’payishida, to’qima kolloidlarini gidrofilligi ortganda va ikkilamchi alg’dosteronizmda (yurak yetishmovchiligi, nefrotik sindromda, jigar tsirrozida) kuzatiladi.
Ortiqcha suv qonda uzoq turmaydi, chunki hujayralar aro muhitga o’tib ketadi, bu esa yashirin yoki ko’rinadigan shishlar chaqiradi.
SHish ortiqcha suvni to’qimalarda to’planishi, natijada qon va to’qima o’rtasida suv almashinuvini buzilishi bilan namoyon bo’ladi.
Bo’shliqlarda to’plangan suyuqlikni vodyanka deb yuritiladi.
Qorin bo’shlig’ida to’plangan suyuqlik astsit deb nomlansa, plevra bo’shlig’idagi gidrotoraks, miya qorinchalarida to’plansa gidrotsefalikus, yurak sumkasida bo’lsa gidroperikardium deb ataladi.
Yallig’lanish tabiatiga ega bo’lmagan, to’plangan suyuqlikni transsudat deb yuritiladi.
SHish tipik patologik jarayon bo’lib, juda ko’plab kasalliklarda uchraydi.
1896 yil Starling shish kelib chiqish mexanizmini quyidagicha tushintirdi. Qon bilan to’qima o’rtasida suyuqliklar almashinuvi mikrotsirkulyator basseynda kapillyar qon tomirlar va venulalar devori orqali yuzaga chiqadi. Arterial kapillyar qon tomirda qonning suyuq qismi to’qimalar aro bo’shliqqa o’tsa, venoz tizimga esa to’qimadan o’tadi.
Starling gipotezasi bo’yicha suyuqlikni to’qimaga, to’qimadan qonga o’tishini tahminlovchi kuch, arterial kapillyarlardagi effektiv gidrostatik bosim bo’lib, (arterial bosim bilan to’qimalar aro suyuqlik bosimi o’rtasidagi farq) u effektiv onkotik bosimdan yuqori bo’ladi, (qonni onkotik bosimi bilan to’qimalar aro suyuqlik onkotik bosimi o’rtasidagi farq), venoz kapillyarda esa buning aksi bo’ladi.
SHuning uchun, normada suyuqlikni to’qimaga, to’qimadan yana qonga o’tishi tahminlanadi.
Starling bo’yicha, shish rivojlanishida gidrostatik bosimni ortib ketishi yoki onkotik bosimni pasayib ketishi sabab bo’ladi.
SHish rivojlanishida, bundan tashqari suv muvozanati, mikrotsirkulyatsiya, gidrostatik, osmotik, onkotik bosimlarni o’zgarishi, limfa almashinuvi, suv-tuz almashinuvida nerv-gumoral boshqarilishni buzilishlari shish yuzaga chiqishida muhim rolg’ o’ynaydi.
Ganong bo’yicha shish chaqiruvchi patogenetik omillar:

  1. Musbat suv balansi (buyrak funktsiyasini buzilishi, osmotik bosimi yuqori bo’lgan moddalarni qabul qilish va boshqalar).

  2. Filg’tratsion bosimni ortishi:

a) venoz bosimni ortishi (yurak nuqsoni, venalar o’tkazuvchanligini buzilishi, klapanlarni yomon ishlashi, ekstratsellyulyar suyuqlikni ko’payishi va x.k.)
b) arteriolalarni kengayishi
v) venulalarni qisilishi
3. Qon va to’qimalar aro muhit o’rtasidagi osmotik bosim gradientini
pasayishi
a) gipoproteinemiya, ochlik hisobiga kelib chiqishi mumkin.
b) osmatik aktiv moddalarni, to’qimalar aro muhitda to’planishi (elektrolitlar, oqsillar, metobolitlar) nefrotik sindromda, jigar yetishmovchiligida va boshqa holatlarda.
4. Qon-tomirlar o’tkazuvchanligini ortishi:
a) gumaral agentlarni tahsirida (gistamin, serotonin, kininlar, prostaglandinlar)
b) qon-tomir devorini trofikasini buzilishi (nerv-trofik tahminlashini buzilishi, ochlik, gipoksiya)
5. Limfani ketishini buzilishi (limfatik yo’llarni zararlanishi)
6. Suv-tuz almashinuvida nerv va gumoral idora etilishini buzilishi (m: antidiuretik va antinatriyuretik tizimlarni noto’g’ri ishga tushishi, volyumo va osmoretseptorlarni sezuvchanligini pasayishi, ikkilamchi alg’dostronizm, gipotireoz va boshqalar).
To’qimalar aro bo’shliqda manfiy bosim yuzaga chiqqanda filg’tratsion bosim pasayib ketadi.
Kuyishda teri to’qimalar aro bo’shlig’ida manfiy bosim 30 mm. rt. st. gacha tushib ketadi, natijada suvni bug’lanishiga olib keladi, kolloidlar tarkibi o’zgaradi. Bu esa kuyishda terida shishni olib keltirib chiqaruvchi asosiy mexanizm bo’lib hisoblanadi.
Filg’tratsiyani ortishida qaytar bog’lanish printsipiga asosan, kompensator tarzda, limfani to’qimalardan ketishi kuchayadi, bu vaqtda to’qimalar aro bo’shliqda onkotik bosim kamayib ketadi, chunki oqsil limfa bilan chiqib ketadi, limfada oqsil o’rtacha 20g/l ni tashkil qiladi. SHuning uchun, limfani to’qimalardan ketishi bloklansa, ushbu yerda onkotik bosim ortib ketadi. Bundan tashqari, to’qima kolloidlarini gidrofilligi N+ kontsentratsiyasiga ham bog’liq bo’ladi, agar muhit kislotali tomonga surilsa, parenximatoz elementlar bo’kadi, qo’shuvchi to’qima degidratatsiyalanadi, ishqoriy tomonga surilsa aksincha, qo’shuvchi to’qima bo’kadi.
To’qimalar aro bo’shliqda Na+ miqdorini ko’payishi, buyrak faoliyati buzilganda va NaSl ni ko’p ishtemol qilganda ro’y beradi, biroq shishni yuzaga chiqishida, ko’proq suv-tuz almashinuvini boshqaruvchi mexanizmlarni buzilishi katta ahamiyatga ega.
Organizmda natriy ushlanib qolinishi, evolyutsion taraqqiyotda, qon yo’qotishni og’ir asoratlariga qarshi shakllangan himoya moslashuv reaktsiyasidir. Qon yo’qotilishi bilan birga uning hajmini kamayishi, organizmda Na+, suv ushlanib qolinishiga qaratiladi, natijada qonning massasi biroz tiklanadi, so’ngra reflektor tarzda gipofiz, buyrak usti bezi va buyraklar faoliyati ishga tushadi. Bu mexanizmlar nafaqat qon yo’qotilganda yoki Na+ kam bo’lganda, balki arterial bosim pasayganda, harakatlanayotgan qon miqdorini ozayishi, boshqa sabablarga ko’ra yuzaga chiqqanda m: yurak faoliyatini dekompensatsiyasida va boshqalarda ham ro’y berishi mumkin.
SHishni hosil bo’lishida qon tomirlar devorini o’tkazuvchanligini ortishi va limfa hosil bo’lishini intensivligi ham muhim rolg’ o’ynaydi. Limfani to’qimalardan ketishini ortishi, o’zi bilan oqsillarni olib ketishini kuchaytiradi, natijada keyinchalik limfa tarkibida suyuqlik va oqsillar qonga qaytib tushadi, natijada shish rivojlanishiga yo’l bermaydi, limfoottok buzilsa, aksincha shish kelib chiqadi. Venoz dimlanishda (yuqori kovak venasida) limfatik tomirlar spazmi kuzatiladi, bundan tashqari, to’qimalar aro bo’shliqda suyuqlikni ko’p to’planishi limfa tomirlarni ezib qo’yadi, yahni aylanma xalqa ishga tushadi.
Yuqoridagi keltirilgan omillar shish kelib chiqishida muhim rolg’ o’ynaydi, lekin kelib chiqishi har xil bo’lgan shishlarda ularning har birini roli birday emas.
SHishlarni kelib chiqish sababi va patogeneziga ko’ra: yurak, buyrak, jigar, kaxeksik, yallig’lanish, toksik, neyrogen, allergik, limfagen va boshqalari tafovutlanadi.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin