Andijon 2013 ma’ruza №1 patofiziologiya faniga kirish, uning maqsadi va vazifalari. Etiologiya va patogenez, sanogenez reja



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə96/207
tarix12.10.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#154299
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   207
pat fiz lek Sharif Xoshimovich

Yurak shishi yoki dimlanish shishi, venoz dimlanishidan, venoz bosimni ortishidan kelib chiqadi. Venoz dimlanishda qon tomir devorini trofikasi buziladi. Yurak shishlarini kelib chiqishida qon tomirlar faoliyati yetishmovchiligi muhim rolg’ o’ynaydi, yahni reflektor tarzda renin-adrenalin mexanizm suv ushlashni tahminlaydi.
Buyrak shishi glomerulonefrit misolida ko’rib chiqsak, shish patogenezida koptokcha filg’tratsiyasini pasayishi yotadi, bu esa suvni organizmda ushlanishiga olib keladi. Bunda nefron kanalchalarida Na+ reabsorbtsiyasi ham kuchayadi, ushbu jarayonda ikkilamchi giperalg’dosteronizm kuzatiladi, alg’dosteron antogonisti bo’lgan spironolakton glomerulonefritda diuretik va natriy uretik effekt chaqira ololmaydi, shuning hisobiga organizmda suv ushlanib qoladi. Bunda qon-tomir o’tkazuvchanligi ortishi ham muhim rolg’ o’ynaydi.
Nefrotik sindrom kuzatilsa, birinchi navbatga gipoproteinemiya (proteinuriya hisobiga), gipovolemiya bilan birga yuzaga chiqadi, bu esa alg’dosteronni sekretsiyasi kuchaytiradi.
Jigar shishida asosiy rolni gipoproteinemiya o’ynaydi, bu holat jigarni oqsil sintezini buzilishidan kelib chiqadi.
Bundan tashqari jigar shishi kelib chiqishida alg’dosteronni ko’plab chiqishi yoki alg’dosteron inaktivatsiyasini buzilishi yotadi. Jigar tsirrozidagi astsit kelib chiqishida jigarda qon aylanishini buzilishi va darvoza venasida gidrostatik bosimni ortishi asosiy rolg’ o’ynaydi.
Ochlik yoki kaxeksik shish, alimentar distrofiyada (ochlikda) yosh bolalar distrofiyasida, turli o’smalarda uchraydi. Uning asosiy omili oqsil sintezini buzilishidir, natijasida gipoproteinemiya, qon tomirlar trofikasini buzilishi va uning o’tkazuvchanligini ortishi yotadi.
Yallig’lanish va toksik shish patogenezida mikrotsirkulyatsiyani buzilishi va qon tomirlar o’tkazuvchanligini ortishi hamda biologik aktiv moddalar, ATF, kininlar, prostaglandinlar, leykotrienlar ajralishi yotadi.
Neyrogen shish, nerv tizimi tomonidan suv almashinuvi boshqarilishini buzilishi natijasida kelib chiqadi. Bundan tashqari to’qima qon-tomir trofikasini buzilishidan kelib chiqishi mumkin (angiotrofonevroz). Bunga siringomieliyadagi, gemiplegiyadagi oyoq-qo’llarni shishi, uchlik nervi nevralgiyasida yuzdagi shish va Kvink shishlar misol bo’ladi, albatta bunda neyrogen omillar bilan birgalikda allergik komponent ham muhim rolg’ o’ynaydi. Bunday shishlarni yuzaga chiqishida qon tomirlar o’tkazuvchanligini ortishi va zararlangan to’qima trofikasini buzilishining ham tahsiri bor.
Allergik shish sensibilizatsiyalashgan organizmda kechadi (tarvoq, allergik toshma, bo’g’imlarni zararlanishi). Uning mexanizmini oldin ko’rib chiqqanmiz.
Har xil kelib chiqishga ega bo’lgan shishlarni rivojlanishida ikkita bosqichni tafovutlaymiz. Birinchi bosqichda, ortiqcha suv asosan gelesimon strukturalarda to’planadi (qo’shuvchi to’qimani asosiy moddasida kollagen tolalarda). Bu to’qimalarni massasi 30% gacha ortib ketadi, bu yerdagi bosim atmosfera bosimiga teng bo’lib qoladi, shundan ikkinchi bosqich boshlanadi, bunda erkin suyuqlik to’qimalar aro bo’shliqda to’planadi. Bu esa “chuqur simptom”ni musbat bo’lishini tahminlaydi.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin