Gazsiz alkaloz (metobolitik) Gazsiz atsidozda, kislota-ishqor muvozanatini avvalgi holatga qaytarish, ushbu holatga aloqador tizimlarni faoliyatini tubdan o’zgarishi hisobiga amalga oshiriladi. Qonda SO2 tarangligi pasayishi hisobiga nafas buziladi, buyrakka kelayotgan qon tomirlar tonusi pasayadi, natijada siydik hosil bo’lishi pasayadi. K+, Na+ va Sa+2 plazmada ko’payishi, yurak aritmiyasiga hamda nerv-mushak to’qimalarni qo’zg’aluvchanligini pasayishiga olib keladi.
Gazsiz alkaloz organizmda ishqoriy birikmalarni absolyut va nisbiy tarzda ortishidan yuzaga chiqadi, atsidozga nisbatan kam uchrasada, lekin kamdan-kam uchraydigan holat emas.
Gazsiz alkalozni kelib chiqishiga ko’ra:
1) CHiqaruvga bog’liq gazsiz alkaloz, bu o’z navbatida:
a) gipoxloremik
b) gipokaliemik turlarga bo’linadi.
Gipoxloremik gazsiz alkaloz, xlor anioni yo’qotilishidan kelib chiqadi, natijada gipoxloremiya yuzaga keladi. Xlor anioni ko’p miqdorda yo’qotilishi, gidrokorbanat anioni kontsentratsiyasini ortishi bilan to’ldiriladi. Bunday alkaloz insonlarda uzoq muddatli, kuchli qayt qilishda kuzatiladi.
Gipokaliemik gazsiz alkaloz, organizmdan kaliy yo’qotilishidan kelib chiqadi. Bunday xolat asosan giperalg’dosteronizmda kuzatiladi. Ushbu patologiyada kaliyni siydikka sekretsiyasi keskin ortadi, natijada gipokaliemiya yuzaga keladi.
2) Ekzogen gazsiz alkaloz (gipernatriemik) Ushbu alkaloz organizmga tashqaridan ko’p miqdorda NaNSO3 kirganda, yahni davolash maqsadida ushbu moddani organizmga ko’p kiritilganda yoki gazsiz atsidozni noto’g’ri davolaganda kuzatiladi.
Bemorlarda glyukortikoidlar giperproduktsiyasida, ularni katexolaminlar bilan davolanganda, ham yuzaga keladi kaliy o’rniga N+ ionlari hujayra ichiga kiradi, natijada qonda uning miqdori bunday sharoitda kamayadi, RN esa ishqoriy tomonga suriladi.
Gazsiz alkalozni asosiy ko’rsatkichi qonda bikorbanatlar miqdorini ko’payib ketishidir. Ushbu holatni kompensatsiyasi, organizm gidrokorbanat bufer tizimi va nafas tizimi faoliyatini o’zgartirib ro’yobga chiqaradi. N+ past kontsentratsiyasi nafas faoliyatini susaytiradi va o’pka gipoventilyatsiyasiga olib keladi. Kompensatsiya jarayonida fosfat va oqsil bufer tizimlari ham ishtirok etadi. Bunda ular plazmaga N+ionini chiqarib, NaHCO3 tarkibidagi Na+ kationini biriktiradi. N+ ionini ko’proq qism HCO3 anioni bilan birikib, kamomaddagi H2CO3 ni hosil qiladi, endi uni bir qismi eritrotsitlarga kiradi, undan esa Sl- ajraladi, bu esa plazmani ishqoriyligini pasaytiradi. Oqsil buferi alkalozda kalg’tsiyni biriktirib olish qobiliyati kuchayib ketadi, ular o’zini N+ionini beradi, bundan tashqari, eritrotsit va suyak to’qimasidan Na+, K+, Sa+2 hisobiga, N+ ionini qonga chiqaradilar. Gazsiz alkalozda buyraklarni roli ko’p miqdorda gidrokorbanatlarni organizmdan chiqarishdir, siydikda NaHCO3 ko’payib ketadi, titratsion kislotalik pasayib ketadi.
Gazsiz alkalozni havfli tomoni shuki NaHCO3 tarkibida Na+ chiqishi kuzatiladi, hujayralar aro basseynda osmotik bosim pasayib, ko’p suv yo’qotilishiga olib keladi. K+ ni yo’qotilishi yurak faoliyati buzilishiga, qonda ionlashgan Sa+2ni keskin kamayishi nerv-mushak qo’zg’aluvchanligiga tahsir etib, titrashlarni (tetaniya) chaqirish mumkin.
Gazsiz alkaloz korrektsiyasi, uning qaysi turiga bog’liqligiga asoslanib amalga oshiriladi, m: gipoxloremik alkalozda xlor anionini kontsentratsiyasini organizmda tiklash uchun ammoniy xlorid (NHCl) eritmasi kiritiladi, gipokaliemik alkalozda esa KCl kiritilsa, ekzogen gazsiz alkalozda atsidogenez jarayonini tormozlash maqsadida, karboangidraza ingibitorlari-diuretiklar yuboriladi.