Gazli alkaloz O’pka giperventilyatsiyada, yahni organizmda SO2 tarangligini pasayib ketganda (gipokapniya) kuzatiladi. Bunday xolatga tog’ kasalligi, qizib ketganda, bemorni haddan ziyod maxsus apparat yordamida sunhiy nafas oldirilganda, anemiya, miya zararlanganda, miya o’smasida, entsefalitlar, isitma va boshqa holatlar olib keladi.
Kompensator reaktsiyalar maqsadi qonda gidrokorbanatlarni kamaytirib, korbanat kislota miqdorini tiklashga qaratilgan. Bu faoliyatni oqsil bufer tizimi amalga oshiradi, NaNSO3 o’zini N+ ionlarini qonga ajratadi, bundan tashqari qon hujayralari va suyak to’qimasi beradi, aksincha K+, Na+ va Sa+2 lar qonga chiqadi. Depodan chiqqan N+ ionlari plazmada NSO3 bilan birikib, giperventilyatsiyada yo’qotilgan N2SO3 o’rnini bosadi. Gazli alkalozda buyraklar faoliyatini roli ham muhim, alkalozda SO2 partsial bosimi pasayishi hisobiga, N+ sekretsiyasi ortadi, gidrokarbonatlarni reabsorbtsiyasi ancha susayadi. SHundan, siydikda bikorbanatlar ko’payib, muxitni ishqoriy tomonga suradi. Qonda natriy bikorbanatni pasayishi suvsizlanishga olib kelsa, ionlashgan Sa+2 kamayishi tetaniyaga olib keladi.
Ushbu holatni kompensatsiya qilishda oqsil buferi ham ishtirok etadi, qonga N+ ionlarini ajratadi. Vodorod ionlarini qonga tushishi, kaliy ionlarini o’rnini oladi.
H2SO2 NaHSO3 1:20 bo’lganda, alkaloz uzoq vaqt kompensator harakterga ega bo’lib qolaveradi.
Organizm zo’riqqanda, kompensator mexanizmlar imkoniyati butunlay chegaralanganda, kompensatsiyalashgan alkaloz, kompensatsiyalashmagan alkalozga o’tadi.
Kompensatsiyalashmagan alkalozni kelib chiqishida gipokapniya muxim rolg’ o’ynaydi, bunda nafas markazi qo’zg’aluvchanligi pasayadi va davriy nafas olishgacha yetish mumkin. Bunda qon-tomir harakatlantiruvchi markaz boshqaruvini ishdan chiqadi (qon bosimi pasayib ketadi).
Gazli alkalozni korrektsiya qilishda gipokapniya bilan kurashish lozim, ushbu maqsadda bemorlarga SO2 ga boy gazli aralashmalar beriladi m: karbogen 95% O2 va 5% SO2.