Andijon 2013 ma’ruza №1 patofiziologiya faniga kirish, uning maqsadi va vazifalari. Etiologiya va patogenez, sanogenez reja


RN so’rilishini namoyon bo’lish darajasiga ko’ra



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə101/207
tarix12.10.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#154299
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   207
pat fiz lek Sharif Xoshimovich

RN so’rilishini namoyon bo’lish darajasiga ko’ra:
Kompensatsiyalangan atsidoz va alkalozga tafovutlanadi. Bu holatda organizmdagi bufer tizimlar va boshqa fiziologik tizimlar yordamida organizmdagi ximik va fiziologik o’zgarishlarga qaramasdan RNni nisbiy doimiyligi saqlanadi.
Organizm zo’riqqanda yoki RN ni ushlab turuvchi tizimlar faoliyatida buzilishlar kuzatilganda, kompensatsiyalashmagan atsidoz yoki alkaloz kuzatiladi.
Ushbu xolatni yuzaga chiqish mexanizmiga ko’ra:
Gazli (nafas) va gazsiz (almashinuv, metabolitik) alkaloz va atsidozlar tafovutlanadi.
Gazli atsidoz
Gazli atsidoz organizmda korbanat kislotani ko’payishi bilan namoyon bo’ladi.

  1. Tashqi nafas faoliyatini yetishmovchiligi, nafas markazi faoliyati buzilishi kuzatiladigan o’pka kasalliklarda, asfiksiya, ushbu xolatda alg’veolyar ventilyatsiya buzilishi kuzatiladi, yuqoridagi o’zgarishlar o’pka gipoventilyatsiyasiga olib keladi, natijada organizmda korbanat kislota ko’payib ketadi.

  2. Qon aylanishini buzilishi, yahni harakat tezligini pasayishi, shu munosabat bilan korbanat kislotani organizmdan chiqarib yuborish qiyinlashuvi kuzatiladi (endogen gazli atsidoz).

  3. Nafas havosi bilan SO2 ko’p miqdorda kirishi, insonlar uzoq muddat yopiq xonalarda bo’lganda, shaxta va suv ostida qolib ketganda kuzatiladi (ekzogen gazli atsidoz).

Qonda korbanat kislotasi ko’payib ketganda, bir nechta kompensator mexanizmlar ishga tushadi. Nafas olish havosida SO2 ko’payib ketishi, o’z navbatida qonda ham uning ko’payishiga, eritrotsitlarda N2SO3 kontsentratsiyasini ortishiga olib keladi.
N2SO3/NaHCO3 nisbati 1/19dan ortib ketadi, bu holatda, kompensator mexanizmlarni asosiy vazifasi qonda N2SO3 kontsentratsiyasini kamaytirib, aksincha gidrokorbanatlar kontsentratsiyasini ortirishdir.
Ushbu davrda korbanat kislota eritrotsitlarda N+ va NSO3 dissotsiatsiyalanadi. N+ ni esa gemoglobin ushlab qoladi qonga K+ ionini bir qismi ajralib chiqadi va anion NSO3 birikib, KNSO3 hosil qiladi. Bu vaqtda NaCl ni dissotsiatsiyasi ortadi, natijada hosil bo’lgan Na+, KNSO3 dan, K+ siqib chiqaradi, natijada NaNSO3 hosil bo’ladi.
Ushbu jarayon bilan parallel tarzda plazmani oqsilli bufer tizimi natriyni berib, N+ ionini o’zi biriktirib oladi.
Plazmadagi erkin Na+, NSO3 bilan birikib, bikorbanatlar hosil bo’lishi ko’payadi. Ushbu kompensator mexanizmlarda asosan gemoglobinli va oqsilli bufer tizimlar asosiy rolg’ni o’ynaydilar.
Kompensator mexanizmlar yuzaga chiqishida buyrak faoliyati ham katta rolg’ o’ynaydi, agar qonda korbanat kislota ko’paysa, bikorbonatlar qayta so’rilishi kuchayadi, aksincha siydik bilan erkin va bog’langan ammoniy tuzlar chiqishi kuchayadi.
Bu kompensator mexanizmlar, N2SO3 bilan NaNSO3 nisbati 1:20 bo’lguncha faoliyat ko’rsataveradi va RN normaga kelganda ushbu tizimlar o’z faoliyatini to’xtadi.
Agar, keyinchalik korbanat kislota miqdori ko’payaversa, qonda bufer tizimlarni hajmi kamayadi, fiziologik kompensator mexanizmlarni imkoniyati tugaydi va oxir-oqibat qonning reaktsiyasi kislotalik muhit tomon suriladi.
Qonda nihoyatda korbanat kislota miqdori ko’payib ketsa (giperkapniya), ikkilamchi to’qimalarni zararlanishiga olib keladi. Periferik to’qima arteriolalarini spazmi hisobiga, arterial bosim keskin ortib ketadi, bu holat yurak ishlashiga to’sqinlik qiladi. Buyrak qon tomirlarini spazmi esa siydik hosil bo’lishini pasayishiga olib keladi. Bosh miya qon tomirlari aksincha, SO2 tahsirida kengayadi, buning natijasida chanoqdagi bosim ortib ketadi. Qonda SO2 ko’payishidan adashgan nervni qo’zg’aluvchanligi ortib ketadi, bu esa yurakni to’xtashiga, bronxlar spazmiga va shilimshiqni ko’p ishlab chiqarishiga olib keladi, bu o’z navbatida nafasni qiyinlashuvini keltirib chiqaradi. Gazli atsidoz, gazsiz atsidozga o’tishi mumkin, yahni nafasni buzilishidan organizmda to’liq oksidlanmagan mahsulotlar ko’payib ketadi.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin