Organizmda xloridlar va gidrokarbonatlar miqdorini buzilishi. Organizmda xlorni umumiy miqdori 85g yahni 2400 mmolg’/l bo’ladi. Xlor hujayra tashqarisidagi asosiy anion bo’lib, uning kontsentratsiyasi 100 mmolg’/l ni tashkil qiladi. Xlor balansini buzilishi, Na+ va suv balansi buzilishi bilan parallel tarzda ketadi.
Gidrokorbanat ikkinchi hujayra tashqarisidagi anion bo’lib, uning miqdori 25-30 mmolg’/l. Kislota-ishqor balansi buzilganda uning miqdori o’zgaradi.
Organizmda kalg’tsiy va fosfor almashinuvini buzilishi. Katta odamlarni 1kg massasiga, 20g Sa+2 to’g’ri keladi. Uning katta qismi, yahni 98% skeletda va tishlarda bo’ladi. Bu ikkala elementlar almashinuvini bir-biriga bog’liqligi, ular birgalikda erimaydigan oksiapatitlar hosil qiladilar [Sa10(RO4)6(ON2)] bu moddalar suyak va tishlarni qattiq qismini tashkil qiladi.
Kalg’tsiy fosfor almashinuvini buzilishi, uch formada ketadi, ichaklarda so’rilishini buzilishi, skelet va tishlarda, ohaklanishni buzilishi yumshoq to’qimalarda fosfor kalg’tsiy tuzlarini to’planishi (kalg’tsionoz).
Organizmda temir va boshqa mikroelementlarni almashinuvini buzilishi. Organizda normada 3-5 gr Fe+2 tashkil qiladi, shundan 70% gemoglobin, muskullar, oksidlovchi qaytaruvchi fermentlar tarkibida bo’ladi. Uning yetishmovchiligi kamqonlikka olib keladi.
Mis organizmda 80 mg bo’ladi, uning yetishmovchiligi gemoglobin sintezini buzilishiga, bundan tashqari, qandli diabet kasalligiga olib kelishi mumkin, chunki mis insulinazani tormozlab qo’yadi, shuningdek tishlarni kariesiga olib keladi. Agar organizmga mis ko’p kirsa, jigar tsirroziga olib kelish mumkin.
Kobalg’tni organizmga kam kirishi, tsianokabalaminni tarkibiga kirganligi uchun giperxrom anemiyaga olib keladi.
Agar organizmda kobalg’t ko’p bo’lsa, politsitemiyaga va glyukagonni hosil bo’lishi buzilishiga olib keladi.
Rux organizmda 1,2-1,4 gr ni tashkil qiladi, u gipofizda, oshqozon osti bezida va jinsiy bezlarda, ayrim fermentlar va insulin tarkibida bo’ladi.
Ruxni yetishmovchiligida bo’y o’smay qolishi, gipogonadizm, korbalksipeptidaza aktivligini tormozlanishi, ishqoriy fosfataza, karboangidraza, alkogolg’degidrogenaza aktivligini tormozlanishi kuzatilsa, aksincha insulinaza aktivligi ortadi. Qandli diabetda, oshqozon osti bezida uning kontsentratsiyasi keskin kamayib ketadi.
Marganets kamligi osteoparoz, jinsiy bezlar faoliyati buzilishiga, orginaza fermentini tormozlanishiga olib keladi.
Marganetsni ko’pligi esa MNT ni zararlaydi, parkinsonizm chaqiradi.