Andijon 2013 ma’ruza №1 patofiziologiya faniga kirish, uning maqsadi va vazifalari. Etiologiya va patogenez, sanogenez reja


MAHRUZA №16 MODDALAR ALMASHINUVI BUZILISHINING



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə106/207
tarix12.10.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#154299
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   207
pat fiz lek Sharif Xoshimovich

MAHRUZA №16


MODDALAR ALMASHINUVI BUZILISHINING
PATOFIZIOLOGIK ASOSLARI


REJA:



  1. Moddalar almashinuvi buzilishi haqida tushuncha

  2. Uglevodlar almashinuvi buzilishi patofiziologiyasi

  3. Qandli diabet, sinflanishi, etiologiya va patogenezi

  4. Uglevodlar almashinuvini irsiy buzilishi

  5. Yog’lar almashinuvini buzilishi haqida tushuncha

  6. Yog’lar so’rilishi va ularning ajralishini buzilishi

  7. Yog’ transporti va to’qimaga o’tishini buzilishi

  8. Semirish, etiologiya va patogenezi, sinflanishi

  9. Oqsillar almashinuvi buzilishi

  10. Aminokislotalar almashinuvini buzilishi

Moddalar almashinuvi yoki metobolizm, organizmni irsiy omillarini belgilab, endokrin va nerv tizimi orqali idora etiladi. SHunga ko’ra, moddalar almashinuvi buzilishi irsiy harakterga va regulyator tizimlar faoliyatini buzilishidan kelib chiqadi.


Metobolizmni buzilishi biologik tuzilmalarni barcha qismlarida, yahni molekulyar, hujayraviy strukturalardan, to bir butun organizm miqyosida kechadi.
Moddalar almashinuvi buzilishi to’g’risida to’g’ri mahlumot olish uchun, asosiy almashinuvni bilish zarur, uning buzilishi ayni shu kattalikka bog’liq xolda o’zgaradi.
Asosiy almashinuv deb, inson ham ruhan, ham jismonan tinch xolatda, ovqatlangan so’ng 12-18 soat o’tganda, xonada komfort harorat 16-18oS va namlik normada bo’lganda, organizm uchun zarur bo’lgan eng minimal energiya sarfiga aytiladi. Katta odamlarda 1600-1700 kkal/sutkasiga, ayollarda 10% ga kam.
Asosiy almashinuv kattaligiga, fiziologik sharoitlarda ham turli omillar tahsir etadi. Yosh bolalarda asosiy almashinuv (ayniqsa 5-6 yoshda) katta odamlarga nisbatan yuqori, shimolda yashaydigan insonlarda, issiq klimatda yashaydiganlarga nisbatan, yuqori bo’ladi. Bundan tashqari, qish mavsumida yuqoriroq, yozda esa pastroq kattalik kuzatiladi. Aqliy mehnat qiluvchilarga nisbatan, jismoniy ish bajaruvchilarda, faqat go’sht istehmol qiluvchilarda, yuqoriroq bo’ladi. Reflektor va shartli reflektor, gormonal tahsirlar ham asosiy almashinuvga tahsir etadi, ayniqsa organizmda neytrogormonal idora etilishi buzilsa, m: psixik kasalliklarda, qarilikdagi aqlipastlikda, vegetativ dientsefal markazlar jarohatida, o’smalar, miyaga qon quyilishida asosiy almashinuv pasayadi.
Asosiy almashinuvni idora etilishida qalqonsimon bez gormonlarini roli katta m: tiroksin asosiy almashinuvni kuchaytirsa, uning gipofunktsiyasi pasaytiradi.
Gipofiz gormonlari, yahni giperfunktsiyasida asosiy almashinuv ortadi, gipofunktsiyasida esa aksincha holat yuzaga chiqadi. Adrenalin, ayniqsa sovuq paytida, asosiy almashinuvni stimullovchi tahsiri aniq namoyon bo’ladi. Insulin esa aksincha tahsir ko’rsatadi.
Addison kasalligida energetik jarayonlar pasayadi, shu tufayli asosiy almashinuv ham pasayadi.
Yurak va nafas tizimi kuchli ishlaganda asosiy almashinuv ortadi, ochlikda aksincha asosiy almashinuv pasayadi.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin